Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IRG‘IMOQ
Foydalanilgan adabiyotlar 1. .Истрин В.А. Развитие письмаю – М.: 1961. 2. https://ziyouz.com. 3. Ishoqov M., Rahimov N., Sodiqov K., To‘xliyev B. “O‘lmas Obidalar” (O‘zbekiston xalqlarining qadimgi yozma yodgorliklari bo‘yicha tadqiqotlar). “Fan”, Toshkent – 1990. 4. Yusupov K. O‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti va yozuv masalasi. O‘zbekiston, –Toshkent. 1979. 5. Чориев З., Шайдуллаев Ш., Аннаев Т. Ўзбекистон ҳудудида ёзувнинг пайдо бўлиши ва тараққиёти. – Тошкент. 2007. DOSTON MATNIDA QO‘LLANILGAN SOF LEKSIK DIALEKTAL SO‘ZLAR IZOHI EXPLANATION OF PURELY LEXICAL DIALECTAL WORDS USED IN THE EPIC TEXT Xusniddin Xaitov * Annotation. This article presents a presentation of opinions on purely lexical dialect words used in the vocabulary of variants of the Alpomysh epic by Fazil Yoldosh and Abdunazar Poyonov. Having singled out the purely lexical dialectal words found in the epic text, each of them is given a descriptive dialectal explanation. Also, scientifically and theoretically analyzed all these dialect-lexical units in the epic text. Key words: epic vocabulary, epic variant, epic work, text, purely lexical dialect word, dialect text analysis, dialect heritage, dialect dictionary, dialect word status, dialect description. Xalq dostonlari shevaga xos so‘zlarning manbasi sifatida o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega. Doston matnida saqlanib qolgan dialektal so‘zlar shevashunoslikka va o‘zbek xalqiga xos zaruriy tasavvurlarni anglab yetish imkoniyatini yaratadi. Qadimiy doston sanalgan “Alpomish” leksikasida esa sof dialektal so‘zlar saqlanib qolganki, ularning har biri matnda dialektal ma’no anglatishi bilan birgalikda o‘ziga xoslikni ta’minlashga xizmat qilgan deyish mumkin. Fozil Yo‘ldosh va Abdunazar baxshi variantlarida uchragan ushbu dialektizmlarni izohlash, ularning dialektal ma’nolarini o‘rganish folklor dialektologiyasida muhim masalalardan biri deyish mumkin. Jo‘lmon yuzboshi sozini olib, dilkash nag‘masini chalib, baland ohang qilib, irg‘alib, avval to‘yga atab, so‘ng nasihat va kulgili qo‘shiqlar аytib, oxirida shunday deb aytayotgan ekan:[Poyonov, 2018: 16] Gapda qo‘llanilgan irg‘alib – sof dialektizm. Ushbu leksik birlik turmoq, qo‘zg‘almoq, o‘rnidan turmoq ma’nosidagi dialektal mazmunga ega. Asosi irg‘i, ya’ni sakra ma’nosidagi so‘zga -l fe’lning o‘zlik nisbati hamda -ib ravishdosh shakli qo‘shilgan. Ikkinchi bo‘g‘indagi [i]unlsi [a] unlisiga o‘zgargan. “IRG‘ALMOQ dial. U yoq-bu yoqqa chayqalmoq, qalqimoq; silkinmoq” [Ma’rufov, 1981: 334]. Mayin chalqanish mazmuniga ega, aynan shevaga xos so‘z ekanligi ham qayd etilgan. “Irg‘aluv – mayin tebranmoq” [Nazarov, 2005: 70]. Ushbu dialektal so‘zda dialektal ma’no nozikligi aks etganligini ko‘rish mumkin, ya’ni dostonda Jo‘lmon baxshi ijro vaqtidagi o‘tirgan o‘rnidan qo‘zg‘alib qo‘yish holatini ifodalagan. “Irg‘av – sekin tebratmoq. * Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, GulDUmustaqil tadqiqotchisi 122 Eneng siyir savg‘incha beshikti irg‘ap tur” [Nazarov, 2005: 69]. M.Qoshg‘ariyning asarida ham sekin harakatlanish izohi bilan keltiriladi: “Irg‘aldi – silkitildi” [Аbdurahmonov, Мutalibov, 1967:93]. Umuman, shevaga xos so‘zlarda ham ma’no nozikligi aks etishi, bu holat esa dostonning dialektal xususiyatini oshirishiga xizmat qilgan deyish mumkin. Ayni shu dialektal so‘z quyidagi gapda ham uchraydi: Аlqissa, Qultoy shoshib-pishib, har chuqurdan irg‘ib oshib, holsirab, keldi yetishib, Hakimbekka qattir, achchiq gapirib goh, shirin so‘zlab:[Poyonov, 2018: 41] Ushbu gapda irg‘ib dialektal so‘zida harakatning tez bajarilishi, ya’ni o‘rindan teparoqqa ko‘tarilishiga oid dialektal ma’no aks etgan. “IRG‘IMOQ ayn sakramoq” [Ma’rufov, 1981: 334]. Bu leksik birlik dialektal lug‘atlarda ham sakramoq izohi bilan uchraydi. “Irg‘uv – sakramoq. Ko‘p irg‘ima, charchap qolasan, irg‘isham ebi minen-da” [Nazarov, 2005: 70]. Bu izohda fe’lning noaniq shakli keltirilgan. “Irg‘andi – silkindi, qimirladi”[Аbdurahmonov, Мutalibov, 1967: 93]. Keyingi so‘zda esa -n o‘zlik nisbati bilan qo‘llanishi harakat bajaruvchisi harakatni o‘z ustida bajarishi bilan bog‘liq izohlar qayd etilgan. Ushbu dialektizm doston matnida sof dialektal so‘z maqomida bo‘lib, lug‘atlarda aks etgan hamda hozir ham qo‘llaniladi. Оt beli berkimas ayil, tutasiz,[Poyonov, 2018: 19] Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling