Hammaga omad!!! Ba’zi savollarni javobi topilmadi. Aliyevni labaratoriya kitobidan izlab ko’ring


Kasallikning odamlardagi patogenezi


Download 77.78 Kb.
bet43/56
Sana08.01.2022
Hajmi77.78 Kb.
#252629
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Bog'liq
Mikrob.OSKI.Nazariy qismining javoblari!

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Gepatit В ning manbai bemor va virus tashib yuruvchilar hisoblanadi. Yer sharida 500 mln. dan ortiq virus tashib yuruvchilar bor. Virus, asosan, parenteral yo‘l bilan, yaxshi sterillanmagan tibbiyot asboblari (shprits, igna, skalpel tish davolashda ishlatiladigan asboblar va boshqalar) hamda jinsiy aloqa orqali yuqadi. Odam uchun 0,001 ml plazmayoki qon yuqumli miqdor hisoblanadi. Virus odam organizmidagi barcha biologik suyuqliklarda bo'ladi, shuning uchun

onadan bolaga yo'ldosh orqali, ko‘krak sutidan ham o‘tadi. Tibbiyot xodimlari bu infeksiya bo‘yicha xavfli guruhga kiradi. Yashirin davri uzoq, 30 kundan 180 kungacha. Gepatit В virusining organizmga kirish darvozalari qon tomirlar bo‘lganligi safcabli, virus infeksion jarayonning boshidan qonga tushadi va butun organizmga tarqalib, gepatotsit hujayralariga yopishadi. Ammo virus repToduksiyasi gepatotsit hujayrasini lizisga olib kelmaydi, ya’ni gepatit В virasi gepatotsit hujayrasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sitopatik ta’sir ko'rsatmaydi. Shuning uchun jigardagi asosiy patologik jarayon, virusni gepatotsit hujayrasiga kirishidan boshlanmasdan, balki immunotsitlarni hujayraning tashqi membranasida virus antigenlarini aniqlash vaqtidan boshlanadi. Shunday qilib, gepatit В virusida gepatotsit hujayralarining zararlanishi immunopatologik sabablarga asoslangan. Gepatit В patogenlik shakllarining xilma-xilligi (o‘tkir, o'rtacha o‘tkir, surunkali, persistensiyalovchi) kasallik qo‘zg‘atuvchi anti genlarining gepatotsit hujayralari bilan o ‘zaro ta’sirlashishiga bog‘liq. Natijada bir tomondan, produktiv yoki integrativ infeksiya rivojlansa, ikkinchi tomondan immun javob shakli va immunopatologik namoyon bo'lish darajasi ro‘y beradi. Masalan, gepatit В kasalligining o‘tkir shaklida T- xelperlar faolligi bostiriladi, surunkali shaklida esa T-s-upressorlar jarayoniga jalb qilinadi. T-supressorlar faolligining doirrtiy ravishda bostirilishi natijasida autoimmun reaksiyalar rivojlanishiga sharoit tug‘iladi, bu reaksiyalar o'zining hujayra antigenlariga va birinchi navbatda jigar lipoproteiniga qaratilgan bo‘ladi. T-xelperlari ingibitsdyasi tufayli virus antigenlarini aniqlab olish sustlashadi, bu esa oxir-oqibsitda antitelo hosil bo‘lishini kamaytiradi. HB V gepatotsitlar bilan bir qatorda makrofaglarga ham ta’sir ko‘rsatib, hatto o ‘zining DNK genomini makrofag genomiga biriktirishi mumkin. Immun javobning normal rivojlanishida makrofag membranasidagi virus antigenlari gumoral immunitetni faollashtiradi, natijada HBs-, Hbe-, HBc- antitelolar sintez qiladi. HBV lar makrofaglarni zararlaganda, T - xelperlardagi kabi antigenlami tanishda nuqsonlar vujudga keladi, natijada immuntanqislik holatlari rivojlanib, gepatit В ning persistens iya qilishiga sabab bo'ladi. Kasallik og'ir kechadi, jigaming o'tkir distrofiyasi 6-15% hollarda surunkalikka o'tadi, bu jarayon jigarda birlamchi o‘sma kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli, bu kasallikda letallik yuqori. Ammo ma’lum bir hollarda kasallik simptomsiz infeksiya ko'rinishda ham kechishi mumkin. Bunda bemorlar qonida HbsA ni uzoq vaqtgacha aniqlasa bo'ladi …..Gepatit С virusi ning o'lchami 30-80 nm, qobig'i bor, genomi bir ipli musbat RNK dan iborat. Gepatit S boshqa o'tkir gepatitlar orasida 6-48,5% ni, O 'zbekistonda bu ko'rsatkich 5,1% ni tashkil qiladi. Gepatit С virusi parenteral yo'l, yo‘ldosh va jinsiy aloqa orqali yuqadi. Yashirin davri bir necha haftadan 5 oygacha. Kasallikning klinik belgilari gepatit В ga o'xshash. O'tkir gepatit S 50% dan ko'proq hollarda surunkali shaklga o'tadi, shundan 20% bemorlarda jigar sirrozi rivojlanadi. Bu virus jigarning birlamchi raki paydo bo'lishida muhim rol o'naydi. Gepatit С ga tashxis qo'yishda kasallikning klinik belgilariga , biokimyoviy tekshirishlarga hamda qon zardobida gepatit С virusiga qarshi antite=lolarni IFA va RIA usullarda aniqlashga asoslaniladi. Hozir, kasallikni yashirin davrids qondagi virus RNK sini PSR usuli yordamida 5-6 soat ichida aniqlash mumkin. Davolashda, asosan, interferon qo'llaniladi. Maxsus davosi va_ profilaktikasi ishlab chiqilmagan.

29. Энтерал юқувчи гепатотроп вирусли касалликнинг патогенези ва клиникаси.




Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling