Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet101/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

9-Mavzu: Qonuniy huquq

Huquq va majburiyat
Majburiyat tushunchasi odatda huquq tushunchasi bilan qarama-qarshilikda ifodalanadi. “Huquq” tushunchasi turi-xil ma`nolarga ega. Quyida biz faqat “qonuniy huquq” orqali nima tushunilishini qamrab olamiz. Mazkur tuhuncha toza huquq nazariyasi nuqtayi nazariddan kelib chiqib aniqlanadi.

Norasmiy tilda bu – ikki turga ega bo`lgan “huquq” farqi ekanligini taklif qilish tushuniladi. Biri aytadiki “mening huquqim bor shunday narsalarni qilishga yoki ularni bajarmaslikka”. Shuningdek, biri aytadiki, “boshqalarni nimadir qilishni yoki qilishdan tiyilishini talab qilishga mening huquqim bor”. Shunday lingvistik qo`llash shaxsning o`z axloqiy huquqi sifatida namoyon bo`lishi va boshqa shaxsning axloqiy huquqlari o`rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Norasmiy tilda biz boshqa farqni chiqaramiz. Biz, bu bir shaxsning biror axloq uchun aniq huquqi yoki boshqa shaxsning axloqi uchun deb ayta olmaymiz; biz bir shaxsning aniq bir narsaga huquqi bor deb ayta olamiz. Aniq bir narsaga bo`lgan huquq uchun eng oddiy misol bu mulkdir. Mening biror narsaga bo`lgan aniq huquqim mening mazkur narsaga huquqim mavjud ekanligini bildiradi. Ammo “jus in rem” narsaga bo`lgan huquq va “jus in personam” ya`ni biror shaxsdan nimadir qilishni talab qilish o`rtasida farq mavjud. Misol uchun, kreditor qarzdordan malum belgilangan pul summasini talab qilish huquqi bor. Lekin, narsaga bo`lgan huquq (jus in rem) faqat bir kishining axloqiy harakatlariga tegishli bo`lgan maxsus masala sifatida qaraladi. Mening egalik qilishim shu narsani ishlatishga yoki buzishga, qisqasi, uni meros qoldirishga bo`lgan huquqlarimni anglatadi.

Agar qonuniy huquq bo`lsa, bu kimningdir axloqi bo`lib, huquqiy jihatdan majbur bo`lgan shaxsdan talab qilishni anglatadi. Qonuniy huquq boshqa shaxsning majburiyatini keltirib chiqaradi. Bu kimningdir axloqiy harakatlariga bo`lgan huquqni ochiq dalilidir. Kreditor qarzdordan ma`lum miqdordagi pul summasini talab qilishga huquqi mavjud agar qarzdor huquqiy jihatdan qarzni to`lashga majbur bo`lsa. Lekin biz aytishimiz mumkinki, qonuniy huquq bu bir shaxsning o`z axloqiy harakatidir faqatgina agar tegishli tarzda boshqa kishida majburiyatni keltirib chiqarsa. Misol uchun: Men boshqa shaxsning mulkidan yo`l orqali o`tishga huquqim bor, kuchmas mulkning egasi esa meni bu yo`ldan foydalanmasligimni taqiqlab qo`ya olmaydi. Bu shuni anglatadiki, men ma`lum aniq tarzda harakat qilishga huquqim bor – bu to`g`ri – salbiy jihatdan esa yani men boshqacha harakat qilishga majbur emasman. Qisqasi, menda ma`lum harakatlarni bajarishga huquqim bor, ya`ni bunday harakatni amalga oshirishdan tiyilishga majbur emasman, shuning uchun ham men ehtimol aytishni maqsad qilamanki, men buni qilishga majbur emasman. Shundan kelib chiqib, mening huquqim bor ekanligi, salbiy ma`noda: men ma`lum axloqiy harakatni bajarishga erkinligim bor, mening boshqacha harakat qilishimga majbur qiladigan majburlovchi norma mavjud emas.

Ammo, ma`lum bir harakatlarni bajarishga huquqiy jihatdan erkin bo`lish uchun boshqa shaxs yoki hamma shaxslar mazkur harakatlarni olib borishga majbur bo`lishlari shart. Agar boshqalar mening xohishimni amalga oshirishlari uchun huquqiy jihatdan menga ruxsat berishlariga majbur bo`lmasalar, men xohlagan narsani qilishga huquqiy jihatdan erkin emasman. Mening huquqiy erkinligi har doim boshqalarga bog`liq, mening qonuniy huquqim har doim boshqalarning huquqiy majburiyatidir. Agar boshqalarda mening harakat qilishimga yoki undan tiyilishga to`sqinlik qilishga majburiyati bo`lmasa, meni biror bir narsani qilishga yoki uni qilmaslikka qonuniy huquqim borligini bildiradi. Agar menda boshqaning mulkidan o`tishga huquqim bo`lsa, mulkning egasi yoki boshqa shaxs meni amalga oshirishimga to`sqinlik qila olmaydi. Agar ular to`sqinik qilishsa, huquqiy tartibot bilan yuklangan o`z majburiyatlarini buzadilar va o`zlarini sanksiyaga tortilishlariga olib keladi. Huquqiy nuqtayi nazardan, men bir narsaga egamanki, boshqa har bir shaxs meni harakatlarimga aralashmaslikka majburdirlar. Agar kimdir aralashsa, u javobgarlikni keltirib chiqaruvchi huquqbuzarlikni sodir etgan bo`ladi. Va menda o`z xonadonimda istiqomat qilishga qonuniy huquqim bor, agar kimdir meni uni tashlab chiqishga majbur qiladigan bo`lsa, shu shaxs huquqbuzarlik uchun aybdor bo`ladi. Agar kimdingdir huquqiy majburiyati bo`lmasa, menda ham qonuniy huquq bo`lmaydi. Huquqning mazmuni kimningdir o`z majburiyatlarini amlaga oshirishini ifodalaydi.

Boshqa tarafdan, biror kishining biror harakat qilishiga bo`lgan majburiyati boshqa shaxsning ma`lum majburiyatlariga nisbatlanadi. Bir shaxs qarzni kreditorga qaytarishga majbur, bir shaxs boshqa shaxsni o`ldirmaslikka majbur v.b. boshqa B shaxsga nisbatan A harakat uchun A shaxs majbur, va shaxs B b harakatni amalga oshirishga huquqi bor. Qarzning qarzdor tomonidan qaytarib berish majburiyati kreditorda uni qabul qilish majburiyatini keltirib chiqaradi. Agar kreditor belgilangan pul summasini olishni rad qilsa, qarzdor qarzni qaytara olmaydi. A shaxs qarzni B shaxsga qaytarib berishga majbur (A shaxs B shaxsga nisbatan harakat qilishi belgilanadi), B shaxsda belgilangan pul summasini qabul qilish huquqi bor(B shaxsning qanday harakat qilishga huquqi bor), B shaxsning A shaxsdan qarzni qaytarib olishga huquqi bor (chunki B shaxsning harakatlarni amalga oshirishga huquqi bor). O`sha shaxs “huquqini” “amalga oshiradi”, “foydalanadi” (Rechts-Genuss), boshqa shaxslar tegishli tarzda harakat qilishga majburligini anglatadi. Shaxs o`z huquqlaridan foydalanishi erkindir.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling