Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet17/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Kamchilik huquqlari

Ko’pchilik tamoyili ko’pchilikning absolyut ravishda ustuvorligi ya’ni ko’pchiliknng kamchilik ustidan diktatorligini anglatadi. Ko’pchilik tushunchasining borligi kamchilikning ham mavjud ekanligini taqozo etadi, shu mantiqqa ko’ra ko’pchilikning huquqlari borligi kamchilikning ham huquqlari bor ekanligiga ishora qiladi. Ko’pchilik tamoyili demokratiyada faqatgina barcha fuqarolar qonunchilik tizimini yaratishda ishtirok etgandagina amal qiladi, ammo uning mazmuni ko’pchilikning ixtiyoriga bog’liq. Biror bir kamchilikni tashkil qiluvchi guruhni qonunchilik tizimini yaratishda chetlash demokratik emas va ko’pchilik tamoyiliga to’g’ri kelmaydi, hattoki bunday chetlash qarori ko’pchilikni ovozi bilan qabul qilingan bo’lsada.

Ijtimoiy tartib yaratilish protsessidan kamchilikni tashkil qiluvchi guruh umuman chiqarib tashlanmagan bo’lsa, ushbu kamchilikni tashkil qiluvchi guruhda doim ko’pchilikning ixtiyoriga ta’sir o’tkazish imokniyat bor. Shunday qilib ko’pchilikning ixtiyoriga ko’ra yaratilgan ijtimoiy tartibni kamchilikni tashkil qiluvchi guruhning ixtiyori butunlay zid bo’lishini oldini olish mumkin. Bunday usul demokratiyaga xos bo’lgan elementlardan biridir.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling