Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Bevosita va bilvosita (vakilli) demokratiya


Download 181.76 Kb.
bet20/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Bevosita va bilvosita (vakilli) demokratiya

Demokratiyaning ideal tipi turli konstitutsiyalar tomonidan turlicha tadbiq etiladi. Shunday deb nomlanuvchi bevosita demokratiya eng yuqori darajadagi demokrtiyaning misolidir. Bevosita demokratiya qonunchilik, ijroiya va sudlov hukumatlari fuqarolarning ishtirokidagi majlislar va yig’ilishlar orqali amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bunday tizim faqatgina kichik jamiyatlar va o’ta sodda ijtimoiy sharoitlardagina mavjud bo’lishi mumkin. Hattoki, antik Yunoniston va german qabillalaridagi bevosita demokratik tuzimda ham demokratiya tamoyili ancha cheklanishlarga ega bo’lgan. Аlbatta barcha jamiyatning barcha ishtirokchilari xalq yig’ilishidagi muzokaralar va qaror qabul qilish jarayoni qatnashishga teng huquqlidir. Bolalar, ayollar va qullar (qullik tizimi mavjud bo’lsa) bu kabi huquqga ega bo’lishmagan. Urush paytida demokratiya tamoyili qat’iy avtokratiya tamoyiligi o’zgartirilgan: barcha so’zsiz boshliqning qarorlariga bo’ysunishi lozim bo’lgan. Аgar boshliq umumiy yig’ilishda ovoz berish orqali hukumatga kelgan bo’lsa, u hech bo’lmaganda demokratik yo’l bilan o’z o’rnini egallagan hisoblanadi. Аmmo ko’pincha (ayniqsa jangovar xalqlar ichida)boshliq o’rni irsiy bo’lib bir kishidan ikkinchisiga meros bo’lib o’tgan.

Bugungi kunda faqatgina ba’zi bir shveytsariya kantonlarining konstitutsiyalari bevosita demokratiya tamoyiliga tayanadi. Xalq yig’ilishi Landsgemeinde deb ataladi. Ushbu kantonlar juda kichik jamiyatligi va federal davlatning ishtirokchi qismi ekanligi sababli bevosita demokrtiya shakli umumiy siyosiy holatga katta ta’sir o’tkaza olmaydi.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling