Konstitutsiyaviy monarxiya
Konstitutsiyaviy monarxiyada monarx hokimiyati ikki palatadan iborat bo'lgan parlamentning qonunchilik sohasidagi ishtiroki, sudlarning sud qarorlarini mustaqil chiqarishi va vazirlar mahkamasi a'zolarining ma'muriy hamkorlik sohasidagi faoliyati orqali cheklanadi. Vazirlar mahkamasi tarkibidagi a'zolar o'z sohalari bo'yicha mas'ul hisoblanadilar. Ular monarx tomonidan tayinlanadi, lekin parlamentga hisobdor bo'ladi. Ularning javobgarligi yuridik va siyosiy tusga ega bo'ladi. Ularning yuridik javobgarligi Vazirlar Makamasining a'zosi sifatida o'z yo'nalishlari doirasida amalga oshirgan xulq-atvoriga nisbatan Konstitutsiya va boshqa qonunlarni buzgan paytda impichment berilishi bilan ifodalanadi. Ikki palatadan biri huddi sud organi kabi ayblov funksiyasini bajaradi yoki har ikkala palata ham Vazirlar Mahkamasi a'zolariga nisbatan maxsus sud oldida o'zlarining da'volarini keltirishadi. Vazirlarning siyosiy javobgarligi parlament palatalaridan birining ishonchini yo'qotganda iste'foga chiqishida ifodalanadi. Monarx mutlaqo javobgar hisoblanmaydi. Biroq monarxning hech bir hujjati mas'ul vazirning imzosisiz haqiqiy deb topilmaydi va kuchga ega bo'lmaydi. Sudyalar va ma'muriy mansabdor shaxslar monarx tomonidan tayinlanadilar. U qurollli kuchlar qo'mondonihisoblanishi bialn bir qatorda, xalqaro munosabatlarda davlat nomidan ish ko'radi. Xususan, u xalqaro shartnomalar tuzishga, hattoki shartnoma parlament tomonidan ma'qullanishni talab etsada, vakolatli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |