Avtokratiya. Absolyut monarxiya
XVIII asrda Yevropada mavjud bo’lib, Sharqda turli davrlarda, bir necha xalqlar orasida amalda bo’lgan avtokratiyaning tarixiy shakli absolyut monarxiya hisoblanadi. Bu turdagi boshqaruv shaklida, shuningdek despotik tuzumda, huquqiy tizim o'zining barcha bosqichida bevosita monarx yoki u tayinlagan organ tomonidan amalga oshiriladi. Monarx javobgarlik subyekti hisoblanmaydi. Monarxga yuridik sanksiya belgilanmaganligi sababli u qonunga muvofiq harakat qilmaydi. Monarx hokimiyati meros tariqasida o'tishi yoki har bir monarx o'z vorisini belgilashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |