Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Yuridik shaxsning majburiyatlari va vakolatlari


Download 181.76 Kb.
bet117/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Yuridik shaxsning majburiyatlari va vakolatlari
Yuridik shaxslarga majburiyatlar yuklash va huquqlar berishda davlat qonuni, milliy huquqiy tartibot,kishilarning xulq-atvorini tartibga soladi, ularning harakat va harakatsizligini majburiyatlar mazmuni va qonuniy huquq obyekti sifatida belgilab beradi. Biroq, bu bilvosita amalga oshiriladi. Umumiy tartibot shaxsiy elementlarni belgilash vazifasini korporatsiyani tashkil etadigan huquqiy tartibot, ustavlarga qoldirib uning o`zi xulq-atvorning eng muhim elementlarini belgilab beradi. Bu tartib korporatsiya uchun huquq va majburiyatlar keltirib chiqaruvchi harakatlarni ijro etuvchi, huquqlarni amalga oshiruvchi va majburiyatlarni bajaruvchi organni belgilaydi. Davlat qonuni, umumiy huquqiy tartibot yuridik shaxs hisoblangan korporatsiyaga huquq bergan va majburiyatlar yuklagan bir paytda, huquqlar berilgan va majburiyatlar yuklangan korporatsiya organlari insonlardir, biroq ushbu huquq va majburiyatlarni ta`minlash ikkiga ya`ni umumiy va qismni tashkil etuvchi huquqiy tartiblar o`rtasida taqsimlanadi, ularning biri ikkinchisini to`ldiradi. Davlat qonuni yuridik shaxsga huquq va majburiyatlar berishi insonning vakolatli va majbur ekanligini anglatmaydi, balki huquq va majburiyatlar bilvosita berilganligini bildiradi. Bu jarayonda vositachi sifatida xizmat qilish yuridik shaxs hisoblangan korporatsiyaning huquqiy tartibiga xarakterli funksiyasidir.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling