Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet120/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

10-Mavzu: Huquqbuzarlik

"Mala in Se"(tabiiy huquqqa qarshi qaratilgan jinoyatlar qotillik, nomusga tegish, o`g`rilik) va "Mala Prohibita" (davlat tomonidan belgilangan qonunlar orqali ta`qiqlangan jinoyatlar)

Ijtimoiy normalarga zid va jamiyat uchun zararli xulq-atvor natijasida sanksiya belgilanadi. Bunday xulq-atvor “huquqbuzarlik” tushunchasi bilan ifodalanadi. “Huquqbuzarlik” tushunchasini sof yuridik talqinda ta`riflaydigan bo`lsak, qonun yaratish jarayonida izohlanadigan “huquqiy tartibga solish maqsadi”, “qonun chiqarish maqsadi” kabi jumlalarda, ya`ni huquqiy tizim mazmunida o`z aksini topadi. Aks holda, “huquqbuzarlik” tushunchasi huquqiy mazmunini yo`qotadi.

Bundan kelib chiqadiki, huquqbuzarlik huquqiy norma orqali sanksiya belgilanadigan holatdir. Insonning muayyan xulq-atvori huququbuzarlik deyilishiga sabab ushbu harakat huquqiy tartib orqali tartibga solinadi. Sanksiya esa natija sifatida belgilanadi. Natijasiga ko`ra jinoiy sanksiya tayinlangan harakat jinoiy huquqbuzarlik, fuqarolik sanksiyasi tayinlangan huquqbuzarlik esa fuqarolik huquqbuzarlik demakdir. Odatiy farazga ko`ra, insonning huquqqa zid muayyan xulq-atvori nisbatan huquqiy sanksiya qo`llaniladi. Huquqbuzarlik sanksiyaga sabab bo`ladi. Muayyan nazariy jihatdan pozitiv huquqning yagona obyekti huquqbuzarlikning mezoni sifatida sanksiya - xulq atvor natijasi ekanligidadir.

An`anaviy jinoyat huquqi nazariyasida mala in se ya`ni o`zida yomonlikni aks ettirgan harakat va mala prohibita yomonlik faqatgina pozitiv ijtimoiy huquq tomonidan bajarilishi ta`qiqlangan harakatlar o`zaro farqlanadi. Bu tafovut pozitiv huquq nazariyasida qo`llab quvvatlanmaydi. Bu farq tabiiy huquq ta`limotining o`ziga xos elementi hisoblanadi. Bu ilmiy isbotlab bo`lmaydi degan farazdan kelib chiqqan ya`ni huquqbuzarlik o`z tabiatiga ko`ra inson xulqining umumiy qonuniyatlari natijasidir. Huquqbuzarlik haqidagi masala insonning xulq-atvorini tahlil qilish orqali aniqlanmaydi, balki muayyan harakatni huquqiy tizim asosida belgilanadi. Aynan bir xil xulq-atvor A jamoaviy huquqqa ko`ra huquqbuzarlik bo`lishi mumkin va B jamoaviy huquqqa ko`ra huququbuzarlik bo`lmasligi mumkin. Shunisi to`griki, bir-xil madaniyatli turli-xil huquq tizimlariga ko`ra, qaysidir ma`noda ayrim xulq-atvor harakatlarini huquqbuzarlik sifatida belgilash nafaqat pozitiv huquq orqali balki pozitiv huquqqa chambarchas bog`liq bo`lgan axloq normalar tizimi bilan belgilanadi. Ammo, bu faktlar mala in se tushunchasini ifodalamaydi. Shuni aytish lozimki, pozitiv huquq nazariyasiga ko`ra huquqbuzarlik tuchunchasi qanday izohlanadi? Axloqiy-siyosiy nuqtai nazardan qaraganda, qanday xulq-atvor qonunchilik tomonidan aniq sanksiyalanishi lozim? Albatta, qonunchilik birinchi navbatda ijtimoiy zararli xatti-harakatlarni (a malum) sanksiyalashi lozim. Agar sanksiya belgilanmasa, huquqiy senzda mala mavjud emas, ya`ni huquqbuzarlik sodir etilmagan deb hisoblanadi. “Malum” xulq –atvor agarda “prohibitum” bo`lsa, u yerda “mala in se” mavjud emas, balki faqatgina `mala prohibita” mavjud bo`ladi. Jinoyat huququi nazariyasining umumiy prinsiplariga ko`ra,: nulla poena sine lege, nullum crimen sine lege — qonuniy norma bilan belgilanmagan sanksiya sanksiya emas, qonuniy norma bilan belgilanmagan huququbuzarlik, huquqbuzarlik emas.

Bu prinsiplar jinoyat huquqi sohasidagi huquqiy pozitivizmning ifodasi hisoblansada, ular fuqarolik huquqi sohasida fuqarolik huququbuzarlik va fuqarolik sanksiyalariga ham tegishli. Unga ko`ra inson xulq-atvorining oqibati pozitiv huquq normalari bilan sanksiyalansa, ushbu xulq-atvor huquqbuzarlik hisoblanadi.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling