Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet123/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Yuridik shaxsning jinoiy delikti

Biz shu paytga qadar faqat fuqaroviy sanksiyalar va fuqaroviy deliktlarini ko`rib chiqdik. Jinoiy delikt yuridik shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo`lishi mumkinmi? Yuridik shaxs jinoiy sanksiyalar orqali javobgar bo`ladimi? Hech bir savolga shartsiz inkor javob berish mumkin emas. Ba`zan societas non potest delinquere (Birlashma jinoyat sodir eta olmaydi) doktrinasi yuridik shaxs tirik inson bo`lmaganligi tufayli jinoyat sodir etishga moyil kayfiyat, javobgarlik keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan aybli idrokka ega emas degan faktga asoslanadi. Bu munozara so`nggi fikr emas. Men rea qoidasi istisnosiz emas. Аbsolyut javobgarlikka hatto zamonaviy jinoyat huquqida ham yo`l qo`yilmaydi. Bundan tashqari, inson tomonidan sodir etilgan jismoniy harakatlarni yuridik shaxs tanaga ega bo`lmasada unga tegishli deb topish mumkin, yuridik shaxs ruhga ega bo`lmasada jismoniy harakat uchun uni javobgar deb topish mumkin. Аgar yuridik shaxs organi qasddan va g`arazli maqsadda harakat qilganda qonun unga qarshi sanksiya nazarda tutgan bo`lsa, yuridik shaxs jazolanishi uchun aybli idrokka ega bo`lishi shart. Yuridik shaxsni javobgar sifatida e`tirof etish bu tabiiy reallikning ifodasi emas, yuridik konstruktsiyadir. Shuning uchun ham yuridik shaxsni delikt, xususan. Jinoyat uchun javobgar bo`la olishini isbotlash uchun uni huquqiy fiksiya emas, real inson sifatida ko`rsatishga befoyda urinish kerak emas. Yuridik shaxsga nisbatan jinoiy sanksiya qo`llash mumkinmi yoki yo`qmi degan nozikroq bir masala mavjud. Yuridik shaxslar soliq bilan bog`liq soxtaliklar uchun tez-tez jarimaga tortiladi. Biroq, bizning bizning nuqtai nazarimizga ko`ra jarima fuqaroviy sanksiyalardan jiddiy farq qilmaydi, ularning ikkalasi ham yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratiladi. Korporatsiyani jarimaga tortish fuqaroviy sanksiyani uning mulkiga qaratishdan ko`ra muammoliroq masala emas. Biroq korporatsiyaga nisbatan o`lim yoki qamoq singari jismoniy jazo qo`llash imkonsiz. Faqat inson hayotdan yoki ozodliklan mahrum etilishi mumkin. Faqatgina insonlar harakat qilsada, korporatsiya shaxs sifatida tasavvur qilinishi sababli insonning harakati uchun uni javobgar deb topishim mumkin. Korporatsiyaga jismoniy jazo qo`llash mumkinligi uning harakat qila olishi mumkinligi tufayli javobgarlikka tortish masalasi singari muammolidir. Muayyan shaxslar tomonidan jismoniy jazoni boshdan kechirish ular a`zosi hisoblangan korporatsiyaga ham taalluqlimi yoki yo`qmi degan savol mavjud. Bunday aloqadorlik inkor qilinishi mumkin emas. Boshqa bir masala bunday javobgarlik qanday hollarda qo`llaniladi va ular amaliymi degan savoldan iborat. Korporatsiya a`zolariga qo`llanilgan o`lim yoki qamoq jazosini ushbu faktni korporatsiyaga qo`llanilgan jazo sifatida talqin qilish orqali deliktga nisbatan korporatsiyaning javobgarligi kelib chiqadi deb aytish mumkin. Bunday holatda qonuniy kuchga ega bo`lgan korporatsiyaning ichki hujjatlari jinoiy delikt sodir etgan organga majburiyat yuklovchi yoki unga vakolat beruvchi normani o`z ichiga oladi deb qaraladi. Kamroq ahamiyatga ega yana bir masala, fikrimizcha, yuridik shaxsning davlatning huquqiy tartibga solish tizimida mavjud bo`lishidir. Bunda korporatsiyaning tartibga soluvchi hujjati yoki uning normasi uning organiga jinoiy delikt sodir etish uchun majburiyat yuklasa yoki vakolat bilan ta`minlasa, qoidaga ko`ra, u haqiqiy yoki qonuniy emas deb topiladi. Xuddi shunday muammo keyinchalik xalqaro huquq miqyosida davlatlarning o`zlari shakllantirgan yuridik shaxslarga nisbatan dolzarb bo`lishi mumkinligini anglaymiz. Davlatni tashkil etuvchi huquqiy tartib shaxsni o`z vakolatlari doirasida davlat organi sifatida xalqaro huquq bo`yicha delikt hisoblangan xatti-harakatga majbur qiladi, mazkur delikt uchun sanksiya xalqaro huquqqa muvofiq tadbiq qilinadi.

Davlat yuridik shaxs siftida xalqaro huquq buzilishi, xalqaro deliktlarning subyektidir. Xalqaro huquq sanksiyalari, xususan, urush borsida bo`lsa jazo sifatida talqin qilinmaydi. Biroq, ularda jinoiy sanksiyalar singari kishilarni hayot va ozodlikdan majburiy tarzda mahrum etishdek bir-xil xarakterga ega, shuningdek ular davlatga qarshi qaratilgan hisoblanadi. Shu sababli, qanday holatlarda hayot va ozodlikdan mahrum etish, oliy jazo choralari va insonni qamoqqa olish yuridik shaxsga yo`naltirilgan deb hisoblash mumkin? Javob: qonunni buzish faqatgina ulardan biri tomonidan jamoa organi sifatida sodir etilgan bo`lishiga qaramay, sanksiya yuridik shaxs sifatida e`tirof etiladigan uyushmaning barcha a`zolariga qarshi qaratilgan bo`ladi. Sanksiya huquqiy tartib tomonidan aniq belgilangan shaxsga emas, jamoaviy kishilar guruhiga qarshi qaratiladi. Bu sanksiya yuridik shaxsga qarshi qaratilganligini anglatadi. Individlar faqatgina sanksiyaning obyekti, hayot va ozodlikdan mahrum etiladigan qurbonlaridir.Biroq, sanksiya ularga individual emas, jamoaviy tarzda qo`llaniladi. Sanksiya yuridik shaxslarga qarshi qaratilishi jamoaviy javobgarlikning yuridik shaxs tushunchasida gavdalantirilgan umumiy yoki qisman huquqiy tartibning subyektlari hisoblangan insonlar tomonidan tashkil etilishini anglatadi.

Xalqaro huquqning, urush va repressiyaning maxsus sanksiyalari bunday xarakterga ega. Ular insonlar xalqaro delikt sodir qilganligi uchun emas, balki davlatning xalqaro huquqni buzgan subyektlari bo`lganligi sababli hayot yoki ozodlikdan mahrum etilishiga ishora qiladi. Biroq zamonaviy jinoyat huquqida individual javobgarlik ko`p uchraydi. Fuqaroviy davlatning jinoyat kodeksi jinoyat sodir etmagan, balki yuridik shaxsning organi sifatida o`z vakolatlari doirasida o`lim yoki qamoq jazosi bilan jazolanuvchi jinoyatlarni sodir etgan yakka shaxslarga qarshi o`lim yoki qamoq jazosini o`rnatish ehtimoli kam. Korporatsiyaning o`ziga tegishli, u tomonidan sodir etilgan deliktlar uning a`zolari tomonidan sodir etilib, korporatsiyaga yuklatilgan deliktlar bilan adashtirilmasligi shart. Korporatsiyani uning a`zolaridan biri tomonidan garchi u korporatsiya organi sifatida o`zining vakolatlari doirasi harakat qilmagan bo`lsada, jarima yoki fuqaroviy sanksiyalarni uning mol-mulkiga qaratish orqali javobgar qilish mumkin.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling