Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Yuridik shaxsning fuqaroviy delikti


Download 181.76 Kb.
bet122/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Yuridik shaxsning fuqaroviy delikti

Yuridik shaxsning majburiyatga egaligi, oldinroq ta`kidlab o`tilganidek, majburiyat bajarilmagan holatda tegishli huquqqa ega taraf tomonidan ketirilgan da`voga munosib shaxsning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Bu majburiyatlar bajrmasligida ifodalangan delikt uchun korporatsiyaning javobgarligini nazarda tutadimi, uni yuridik shaxsning delikti deb hisoblash mumkinmi. Har bir delikt insonning harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi. Shaxs tomonidan bajarilgan harakat yoki harakatsizlik uning xulq-atvori ustav asosida tartibga solingan taqdirdagina yuridik shaxsning javobgarligi keltirib chiqarishi mumkin. Bu yuridik shaxslarga tegishli javobgarlik yuzaga kelishining bir me`zonidir. Yuridik shaxsni tashkil etuqchi huquqiy tartibning, ayniqsa, korporatsiya qarorlarining qonuniyligi davlat Qonunlariga butkul bog`liq bo`lib, korporatsiya organlari tomonidan delikt sodir etilishiga olib keluvchi, qarorlar qonuniy hisoblana olmaydi, ayniqsa, ushbu qarorlar davlat hokimiyati nazoratisiz qabul qilingan bo`lsa. Odatda yuridik shaxs organi delikt sodir etsa, u organ sifatida o`zining mansabi doirasida harakat qilmaydi. Bu delikt uchun yuridik shaxs javob bemaydi. Faqatgina shaxs korporatsiya organi sifatida uning funksiyasini bajarish bilan bog`liq delikt sodir etsa javobgar bo`lishi mumkin. Mazkur holatda delikt uchun belgilangan sanksiya korporatsiya mol-mulkiga qaratiladi. Bu korporatsiya a`zolari ulardan biri sodir etgan delikt uchun jamoaviy javobgar hisoblanadi. Masalan, agar korporatsiya ijaraga olgan bino uchun to`lovni amalga oshirishi kerak bo`lsa, biroq bunga mas`ul organ to`lovni to`lamasa, korporatsiya a`zolari majburiyat uchun korporatsiya mol-mulki bilan jamoaviy javobgar bo`ladi. Deliktni sodir etgan organ harakat uchun korporatsiyaning o`zi javobgar bo`lishi ham mumkin. Faraz qilaylik, oldin ko`rib o`tgan misolda to`lovni to`lamaslikda organ aksionerlar umumiy yig`ilishining qarorini ijro etgan va korporatsiya ichki hujjatlari aksionerlarga shunday qarorni qabul qilish vakolatini beradi. Yig`ilishda korporatsiya yuristi yanglish tarzda ijaraning qonunga muvofiq emasligini maslahat bergan. Korporatsiya umumiy yig`ilishining qarori parlament aktlari davlat umumiy huquqiy tartibiga tegishli normalarni yaratgani singari korporatsiya ichki tartibiga tegishli normalarni yaratadi. Shu sababli yuqoridagi holatda to`lovni amalga oshirmaslik korporatsiyaning majburiyati hisoblanadi. Bunda korporatsiya o`zining delikti uchun javobgar hisoblanadi.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling