Demokratiya
Erkinlik g’oyasi
Erkinlik g’oyasi asli faqatgina salbiy xarakterga ega bo’lgan. U qandaydir majburiyat va chegaralar yo’qligini bildirgan. Аmmo jamiyat bu tartib, tartib esa chegaralar degani. Davlat bu ijtimoy tartib bo’lib, bunda odamlar aniq bir chegaralarga rioya qilishi kerak. Erkinlikning asl ma’nosida erkin kishi deb faqatgina jamiyat va davlatdan tashqarida yashovchi kishi hisoblanadi. Erkinlik asl ma’noda faqat “tabiat holatida” topilgan bo’lib, bu holat XVIII asr tabiat huquqi nazariyasiga asosan “ijtimoiy holat” bilan qarama-qarshi qo’yilgan. Bunday erkinlik anarxiyadir. Shunday qilib turli xil davlatlarni ajratish me’zonini asoslab berish uchun erkinlik g’oyasi o’zini asl salbiy ma’nosidan tashqari boshqa ma’noga ham ega bo’lishi kerak. Tabiiy erkinlik siyosiy erkinlikka aylanadi. Erkinlik ma’nosining bunday o’zgarishi umuman siyosiy falsafa uchun juda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |