Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Ko’pchilik prinsipi
O’z-o’zini aniqlash va avtonomiya Ideal o’z-o’zini aniqlashda ijtimoiy tartib uning barcha ob’ektlari tomonidan bir ovozdan yaratiladi va toki barchaning manfaatlarini to’liq aks ettirguncha kuchga ega bo’ladi. Kollektiv ixtiyor (volonte general) doimiy ravishda ob’ektlarning ixtiyoriga mos bo’lishi kerak (volonte de tous). Ijtimoiy tartib faqatgina barchaning roziligi bilan o’zgarishi mumkin. Va barcha ob’ektlar chegaralarga faqatgina o’zlarining roziligi bo’lgandagina rioya qilishadi. O’z roziligini bermaslik yo’li bilan har bir sub’ekt o’zini tartibdan chetga olishi mumkin. Аgar asl o’z-o’zini aniqlash prinsipi amal qilsa ijtimoiy tartib va biror bir ob’ekt ixtiyori o’rtasida hech qanday kelishmovchilik bo’lishi mumkin emas. Bunday tartib uning hech bir ob’ekti tomonidan buzilmaydi. Shunday qilib hech qanday ijtimoiy tartib qo’llanilmaydigan anarxiya va barcha ob’ektlari birdek roziligiga asoslangan ijtimoiy tartib o’rtasidagi farq faqatgina tasavvurda mavjud bo’lishi mumkin. Real hayotda esa ijtimoiy tartib va individual ixtiyor o’rtasida ixtilof bo’lmagan siyosiy o’z-o’zini aniqlashning oliy darajasini anarxiya holatidan farqi kata emas. Аgar tartib va uning ob’ektlari o’rtasidagi ixtilof apriori umuman mavjud bo’lmasa, unda individlarning xatti harakatini boshqaruvchi normativ tartibga umuman hojat qolmaydi. Faqatgina bunday ixtilof mavjud bo’lsa va u tartibni buzgan individga nisbatan ham o’z kuchini yo’qotmasa, bu individ tartib ob’ekti deb hisoblanadi. Аsl ijtimoiy tartib oliy o’z-o’zini aniqlash prinsipi bilan bir vaqtda mavjud bo’lishi mumkin emas. Аgar o’z-o’zini aniqlash prinsipi ijtimoiy tuzilishning asosi deb olinsa, u qandaydir darajada cheklanishi lozim. Bunda muammo umuman olganda jamiyat va ayniqsa davlat mavjud bo’lishi uchun individlarning o’z-o’zini aniqlashini qay darajada cheklash kerak degan savolga taqaladi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling