Demokratiya va liberalizm
Jamiyat ixtiyori demokratik tizimda doimo ko’pchilik va kamchilik guruhlarining o’rtasidagi bahs va muzokara, va har ikkala tarafning biror bir soha doirasidagi qoidaga nisbatan dalillarini ko’rib chiqish orqali yaratiladi. Ushbu bahs va muzokaralar faqatgina parlamentda emas, balki asosan siyosiy majlislarda, ro’znomalarda, kitoblarda va boshqa ijtimoiy fikrni ifoda qilish imkoniyatlarini beruvchi manbaalarda o’z o’rnini topadi. Ijtimoiy fikrsiz demokratiya mavjud emas. Intellektual erkinlik mavjud bo’lganida qay darajada ijtimoiy fikr paydo bo’lsa, shu darajada so’z, din va axborot vositalari erkinligi kafolatlanadi. Shunday qilib demokratiya siyosiy liberalizmga mos keladi (ammo doim ham iqtisodiy liberalizmga emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |