Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Huquqning ilmiy va siyosiy ta’rifi


Download 181.76 Kb.
bet48/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Huquqning ilmiy va siyosiy ta’rifi
G’oyani tushinishga bo’lgan har qanday harakat savoldagi tushunchaning biror ma’noni anglatishida, so’zning umumiy qo’llanishida o’zining boshlanish nuqtasini aniqlab olishi lozim. Huquq tushunchasini aniqlashda dastlab biz ishni quyidagi savollarni tahlil etishdan boshlashimiz kerak: umumiy nom bilan “huquq” deb nomlangan ijtimoiy hodisa ularni boshqa bir-biriga o’xshash bo’lgan ijtimoiy hodisalardan umumiy xarakteristik farqlarini ifodalaydimi ? Shaxsning ijtimoiy hayoti uchun muhim sanalgan g’oyaning asosini tashkil qiluvchi ushbu xarakteristik jihat ijtimoiy hayotning asl mohiyatini anglashga xizmat qiladimi. Huquq haqidagi fikrlarni to’gri anglab olish uchun inson ishni huquq so’zining eng umumiy ishlatilish mezonlarini aniqlashdan boshlashi kerak. Balki, biz izlayotgan xususiyatlar bunaqangi biz kutgandek bo’lib chiqmasligi mumkin. Balki, biz ishlatilishi doirasi haqqoniy keng deb hisoblagan huquq deb nomlanuvchi ushbu kategoriya asl muhimlilikning umumiy xususiyatlarini ko’rsatib berolmas. Ammo, haqiqatdan shunaqangi xususiyatlar aniqlanganida va ular bizni ushbu g’oyalarni aniq, real fakt sifatida qabul qilishimizga dalil bo’la olganida edi, biz haqiqatdan xuddi shunaqangi mulohaza yuritsak bo’lardi. Biz qonun deb nomlagan tushuncha hamma jarayonlarni ham qamrab olmaydi, o’z navbatida bu qarash qonun huquqning torroq doiradagi norasmiy bir aksidir degani ham emas. Biz bundan o’z aqliy faoliyatimizda vosita sifatida qo’llay olishimiz mumkin bo’lgan terminlarni aniqlab olishimiz mumkin. Faqat birgina savol: u biz ko’zda tutgan nazariy maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladimi? O’zining umumiy qo’llanishi bilan mos keladigan doiraga ega huquq tushunchasi umumiy holatlar va aksincha torroq doiradagi voqea hodisalarga tegishli bo’lgan va shuningdek ularni tenglashtirib, muvofiqlashtirib turadigan holatlarga oid bo’lishi mumkin. Masalan, bolshevizm, milliy sotsializm va fashizm o’sganligi sababli hamma Rossiya, Germaniya va Italiya “huquqi” haqida gapirardi. Bizga o’z huquqiy tartibimizni o’rnatishimizda ma’lum minimumdagi shaxsiy ozodligimiz va shaxsiy imkoniyatimizning cheklanganligiga qaramay hech narsa to’sqinlik qila olmasdi. Shunday yo’nalishdan foydalanishning natijasi o’laroq biz shuni ko’rsatib o’tishimiz mumkinki. Rossiya, Italiya va Germaniyada demokaratik kapitalistik davlatlarning ijtimoiy tartiblari bilan muhim belgilari borligiga qaramasdan, bu davlatlarda (ya’ni Rossiya, Italiya va Germaniyada) keng tarqalgan ijtimoiy tartiblar ortiq qonuniy tartib sifatida rasmiy tan olinmasdi.

Yuqorida ta’kidlangan, so’ngi paytlardagi huquqiy falsafada paydo bo’lgan tushuncha ham, qanday qilib bitta siyosiy xato fikr qonun yo’nalishiga ta’sir qila olishini ko’rsatadi. Shu yerda, qonun tushunchasi adolatning bosh oliy maqsadiga, ya’ni nomma-nom aytadigan bo’lsak demokratiya va liberalizmga muvofiqlashtiriladi. Ilmiy nuqtai nazardan olib qaraganda, har qanday ruhiy va siyosiy fikr-mulohaza, demokratiya va liberalizmdan cheklanmaganlik, faqatgina ijtimoiy tashkilotning ikkita tamoyili asosida bo’lishi mumkin, xuddi avtokratiya va sotsializmda bo’lgani kabi. Huquq tushunchasi oxirgisini istisno qiladi deb ta’riflanishiga ilmiy asos yo’q. Ushbu tekshirishlardan ko’rinib turganidek huquq tushunchasida boshqa noodatiy axloqiy tushuncha mavjud emas. Bu ijtimoiy tashkilotning aniq bir uslubini belgilab beradi. Ilmiy muammo sifatida huquq muammosi bu – ijtimoiy uslub muammosi, axloq muammolari emas. “Ma’lum ijtimoiy tartibning qonun xarakteriga egaligi – bu qonuniy yo’sin”dir degan qarash bunaqangi tartib yaxshi va adolatli degan ruhiy mulohazani nazarda tutmaydi. Shunday huquqiy tartiblar borki, ular o’zining ma’lum qirralari bilan adolatsiz, qonunga ziddir. Huquqni adolatdan farqlash ijobiy qatiy tushunchadir. Bu qatiy tushuncha so’roq ostida bo’lgan qonun tushunchasidir va qatiy qonun ilmi adolat falsafasidan aniq-tiniq ajratilishi, farqlanishi lozim.




Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling