Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Huquq tushunchasi va adolat g’oyasi


Download 181.76 Kb.
bet49/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Huquq tushunchasi va adolat g’oyasi
Huquq tushunchasi va adolat tushunchasini farqlash qiyin, chunki ikkalasi ham ilmiylikka aloqasi bo’lmagan siyosiy mulohazaga oiddir. Shuningdek, u umumiy muloqot nutqiga ham oid sababi bunday chigallik g’oyaviy tendensiyaning pozitiv huquqda paydo bo’lishini aks ettiradi. Agar huquq va adolat bir xil deb qaraladigan bo’lsa, agar faqat qonun o’rnida ko’rsatilgan adolatli tartib ijtimoiy huquq deb nomlansa, shu vaqtning o’zida bu qarash to’g’ri anglangan va tan olingan bo’ladi. Ijtimoiy tartibni ko’zda tutuvchi ushbu tendensiya huquq va adolatning o’zini yetarli deb hisoblamaydi. Bu siyosiy tendensiyaning ilmiylikka aloqasi yo’q. Bu tendensiyaga e’tibor qaratadigan bo’lsak, huquq va adolat bu ikkita har xil kategoriyadir. Ya’ni bunga ko’ra pozitiv huquq oddiy ko’rinishda bo’ladi. bu talab aniqdir. Ammo bu yana bir savolni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay sof nazariya hech qaysi yo’l bilan qonunga qarshi chiqmaydi. Bunga aniqlik kiritishda biz ushbu qonun adolatlimi yoki yo’q va adolatning eng muhim elementi nimaligi kabi savollarga javob berishimiz kerak. Bunaqangi huquqiy sof nazariyaga faqatgina ilmiy fan javob bera olmaydi. Chunki aynan ilmiy tomondan bu savolga yechim topishning imkoni yo’q. “Ijtimoiy tartibning asl mohiyati nimada ekan?” Buning javobi jamiyatda insonlarning xulq-atvorini tartibga solib turadigan, hamma uchun ma’qul bo’ladigan, ya’ni hamma odamlar unda o’zining orzularining ro’yobini topadigan huquqiy tartibdir. Insonlarning muntazam ro’yobga chiqarishga intiluvchi orzusi bu - adolatni qaror topdirishdir. Bu insonning hali o’zining orzularini to’liq ro’yobga chiqaradigan mukammal huquqiy jamiyatni o’rnatmaganligidan dalolat beradi. Adolatli jamiyat bu – insonlarning haqqoniy orzusidir.

Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling