Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Tabiiy huquq va ijobiy huquqning ikki taraflamaliligi
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Tabiiy huquq va ijobiy huquqning ikki taraflamaliligi
Tabiiy huquq va ijobiy huquq o’rtasidagi asosiy dualizm orqali tabbiy huquq nazariyasi xarakterlanadi. Ijobiy qonun o’zida umumiylik va mukammallik jihatlarini aks ettiradi va shu jihatdan tabiiy qonunga yaqin turadi. Aynan mana shu xususiyatlar pozitiv qonunning darajasini yaxshilaydi. Shu nuqtai nazardan ijobiy va tabiiy qonun o’rtasidagi dualizm, tabiiy qonunning o’ziga xos xususiyatlari platonik g’oya va haqiqiylik metafizikasining ikkilanishiga o’xshaydi. Platonning fikr markazi bu uning g’oyalari nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra, batamom ikkilanishga ega bo’lgan dunyo ikkita turlicha sharga bo’linadi. Birinchisi, biz haqiqiy deb ataydigan, his-tuyg’ularimizga oid bo’lgan dunyo haqidagi bir tushunchadir. Ikkinchisi, bu jamiyatda g’oyalarning aksini ko’rsa bo’ladigan dunyo haqidagi tushunchadir. Bu dunyoda ko’rib bo’ladigan har bir narsa o’zining g’oyaviy uslubiga yoki boshqa bir tomondan o’zining asl nusxasiga ega. Ko’rib bo’ladigan dunyo nazariyasida mavjud narsalar faqatgina mukammal bo’lmagan nusxalar, soyalardir. Shunday qilib, bizning his-tuyg’ularimizga asosolangan dunyo bu boshqa bir dunyo nazariyasidir. Bizning o’z hissiyotlarimizni amalga oshira olmasligimiz, tabiiylik va super tabiiylik o’rtasidagi dualizm, tabiiylik va super tabiiylikka oid tajriba va g’oyani ochib berish bu Platon nazariyasining muayyan elementidir. Bularning har biri metafizikaning turlicha ko’rinishdagi elementidir yoki dunyoni diniy tushuntirishga xizmat qiluvchi muayyan g’oyalarning jamlanmasidir. Bu dualistik g’oya optimistik mutassiblikka ega yoki pisimistik inqilobiy xarakterga ega. Ta’kidlashlaricha, tajribaga asoslangan borliq va o’ta ideallashgan g’oyalar o’rtasida muayyan ziddiyat yoki bahs munozaralar mavjud. Bu metafizik qarash borliqni tushuntirishda ahamiyatga ega emas. Ammo, uni inkor qilish yoki qabul qilish uchun muayyan emotsiyaga ehtiyoj seziladi. Bir g’oya muayyan sohaga oid izohni tanlashda o’z erkinligiga ega, ya’ni bunda mazkur g’oya ularning talqinini o’z ichiga oladi. Agarda inson g’oyalar dunyosini to’la to’kis fahmlay olsa, u dunyoga moslasha oladi. Shuningdek, u o’z xulq-atvorini g’oyalarga moslashtira olsa, u katta baxtga erishadi. Insoniyat o’sha vaqtda meditsina yoki tabiiy ilm-fanga oid texnika muammolarini hal qilgani kabi adolat haqidagi savollarga javob topa olishiga imkon bo’lganmidi. Agarda jamiyatda haqqoniy sud bo’lganida edi ijobiy qonunlar amalda bo’lmas edi. Shunday qilib, bunday holatda, ya’ni ijobiy qonunlar bo’lmaganda edi huquqiy davlat ham vujudga kelmas edi. Ammo, shuni aytib o’tish kerakki, biz ijobiy deb nomlagan qonunlarning barchasi jamiyatda amal qilganida edi, baxtli va adolatli jamiyat qurishda insonlarning muayyan darajada majburiyatlari yuzaga kelmasdi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak jamiyatda haqiqatdan ham adolatga o’xshagan va uni ta’minlovchi ma’lum bir g’oya mavjud, ammo uni aniq ta’riflab bo’lmaydi. O’z navbatida bu bahs munozarali jarayondir. Hans Kelsen. General Theory of Law and State. – Cambridge: Harvard University Press, 2009. – Р.15-28.
Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling