Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Adolat qadriyatlarga nisbatan shaxsiy fikr sifatida


Download 181.76 Kb.
bet50/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Adolat qadriyatlarga nisbatan shaxsiy fikr sifatida
Har bir insonning orzularini ro’yobga chiqaradigan adolatli qonunlar mavjud emasligi mumkinligi bizga ma’lum, albatta. Bu xuddi insonning o’zini baxtli deb hisoblashini anglatuvchi ayrim jarayonlarning haqqoniy, qisqa maqsadga oid bo’lgan g’oyalarni aniqlashiga o’xshaydi. Bir shaxsning manfaatlarining qondirilishi boshqasining huquqlariga daxl qilishiga olib kelishi, ikkalasining manfaatlarining to’qnashishi ham mumkinligi turgan gap. Ya’ni bunaqangi qonunlarning hech biri, hattoki, taxmin qilish imkoni bo’lganda ham muayyan inson manfaatlarini taminlashga olib keluvchi adolatli qonun sanalmaydi. Lekin u ko’p sonli shaxslar guruhining manfaatlarini o’zida ko’rsatib beradi. Ayrim ehtiyojlardan qoniqish, qonun chiqaruvchi va mahalliy hokimiyat tomonidan ham tan olinishi ko’zda tutilgan, kundalik ehtiyoj uchun zarur bo’lgan ovqatlanish, kiyinish va uy-joy bilan ta’minlanishni ko’zda tutuvchi jamoaviy maqsadlar ham ijtimoiy huquqni aks ettiruvchi manfaatlar sanaladi. Lekin, qaysi odamning kundalik ehtiyojlari yetarli darajada qondirilgan, ular uchun buning muhimlilik darajasi qanday ekanligi noma’lum. Bu savollarga faqatgina aqliy yondashuv usullari orqali javob topib bo’lmaydi. Qadriyatlarning mulohaza qilinishi va hissiy faktorlar orqali ushbu savollarga yechim topilishi mumkin. Shuning uchun ular insonning shaxsiy qaror chiqarishiga moyil bo’lgan subyektiv va jamoaviy ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.

Bu xristian ya’ni, moddiy borliqning ustunligidan ko’ra, o’z ruhining keyingi hayotiga ishonadigan inson tomonidan va keyingi hayotning mavjudligiga ishonmaydigan materialist tomonidan beriladigan javobga ko’ra farqlanadi. Va bu aynan o’zining shaxsiy erkinligi liberalizm tomonidangina ta’minlanishiga ishonuvchi yoki jamiyatda erkinlik, tenglik va yuqori darajada ijtimoiy xavfsizlik faqat sotsializm tomonidangina ta’minlanishiga ishonuvchi insonlarning qarashlariga ham ko’ra farqlanadi.

Biz moddiy yoki ma`naviy egalik qilish hissi, ozodlikmi yoki tenglik, tenglikning eng mukammal ko’rinishi kabi savollarga ko’zlangan natijada javob topa olmaymiz. Shunga qaramay, ushbu savolga javob berish orqali biz qadr-qimmat haqidagi fikrlarning yaqinlashuvi va subyektivlik odatda obyektiv va muayyan qadriyat va uning umumiy asosli me’yorlarining tasdig’ini ifodalashi kabi fikrlarga aniqlik kiritamiz. Insonning aqliy, o’ylash va bilish qobiliyati orqali uning o’zini tutishi, hissiyotini ifodalashi, o’zining xohish va istaklarini tushuntirishi hamda ularni tasdiqlashga bo’lgan chuqur ehtiyoji uning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy fanning bunaqangi ko’rinishida ushbu fikrga to’liq ishonch hosil qilinishi kuzatilmaydi, ko’p hollarda bizning ma’lum bir ijtimoiy maqsadni ro’yobga chiqarishga imkon beradigan kerakli tajribamiz bo’lmaydi. Shu paytdan boshlab, ushbu fikrdan ko’rinib turganidek, ma’no va yakun, sabab va natija o’rtasidagi obyektiv mohiyat, u orqali ifodalanadigan subyektiv hukmning ahamiyati deb hisoblanadi. Liberalizm va sotsializm to’g’risidagi xulosa faqatgina jamiyatdagi maqsadlar haqidagi xulosa emas, balki insonning to’g’ri yo’l orqali yirik bitimlar asosida maqsadga erishishi haqida xulosa hisoblanadi, lekin bu xulosa, hatto bugungi kunda ham ilmiy jihatdan o’z tasdig’ini topmagan.

Davo qilingan biror-bir narsaning maqsadga muvofiq yakuni oldindan taxmin qilinganligi to’g’risidagi hukm muhim ahamiyatli hukm sanalmaydi. Bu ta’kidlab o’tilganidek, haqqoniylik to’g’risidagi hukm kabi sabab va natija o’rtasidagi aloqaga taalluqli hukmdir. Zarurat, ahamiyat, muhim hukm bu – shunday fikr-ki, bular yakun sifatida belgilangan muayyan tushuncha va boshqa yakuni bo’lmaydigan oxirgi yakun yoki xotima hisoblanadi. Bunday hukmlar doim hissiy omillar deb belgilanadi.

Idrokli shaxs uchun hissiy maqsaddan chekinish boshqa yakuni bo’lmagan oxirgi maqsad so’rog’i sifatida, asosan, hozirgacha inkor etiladi. Agar shunday maqsadlarning tasdig’i adolat normasi ko’rinishida namoyan bo’lsa, ular subyektiv va qarindoshlik hukmi ahamiyatiga asoslanadi. Bu bir-biridan farq qiladigan, ikki taraflama zid bo’lgan juda ko’p shunaqangi subyektiv hukmlar borligini inobatga olmasdan amalga oshadi. Bu zaruratning ijobiy jihati muayyan shaxs huquqlarining asossiz ravishda vujudga kelishi emas. Lekin doim shaxs buning ikki tomonlama ta`siri natijasidan oila bo’lib, qabila bo’lib, sinf, toifa, kasb egasi bo’lib birlashishida foydalanadi.

Har bir hukm, qaror tizimi, asosan odob-axloq tizimi va uning adolat tushunchasi jamiyat hodisasi, jamiyat mahsuli hisoblanadi va ular jamiyat xulq-atvorining kelib chiqishiga muvofiq turlichadir. Fakt sifatida shunday qaror va hukmlar borki, ular ma’lum jamiyatda hech qanday qarama-qarshiliksiz va umumiy holda qabul qilinadi shuningdek ular subyektiv va qarindoshlik xarakteriga ega bo’ladi. Mana shu ko’pchilik shaxslarning ushbu qarorlarga qo’shilishi, ma’qul topishi mazkur qarorlarning to’g’ri deb topilishiga asos bo’la olmaydi. Xuddi shunday faktlardan biri, ko’pchilik odamlar ishonadigan yoki bir paytlar ishongan narsa, ya’ni quyosh yer atrofida aylanadi yoki aylanar edi deb hisoblovchi nazariya bu fikrning haqiqatligiga isbot bo’la olmaydi. Adolat me’zoni ham xuddi haqiqat me’zoniga o’xshab, haqiqat xususida ishlab chiqilgan hukmlarga bog’liq emas.

Odamzot ko’plab millatlarga, sinflarga, dinlarga, kablarga bo’linib ketgani va bir-biridan farqlanganligi sababli, adolatning turli xildagi nazariyalari paydo bo’ldi, bitta odam uchun juda ko’p bo’lgan bunday tushunchalarni oddiygina qilib “adolat” deyish mumkin.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling