Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Ruhiy zo`ravonlik
Qonunning asosiy elementi bo`lgan majburlash ko`pincha noto`g`ri talqin qilinadi ya`ni qonun samarali bo`lishi uchun kuch ishlatishga yo`l qo`yilishi kerak. Bunday choralar samarali hisoblanadi qachonki ular o`zlarini qonuniy tutsalar yoki qonunbuzarlik munosib tartibda jazolansa. Bu g`oya tarafdorlari ko`pincha qonun bu majburlashda iborat hatto butunlay bazi hokimyatlarni kuch ishlatishidan iborat deb o`ylashadi. Holland tomonidan maxsus va mashhur ibora mavjud bo`lib unda quyidacha deyilgan: “ huquqning termin sifatidagi bir muqobil ko`rinishi sifatida bu suveren siyosiy hokimiyat tomonidan insonning tashqi umumiy huquqlari majburlanishidir” 2. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, tegishli organlar tomonidan qonunni amalga oshirilishining ahamiyati. Bunday holat shaxslar qonunni qo`pol tarzda buzsalar yoki nazar-pisand qilmasalar ro`y beradi. Shunisi ma`lumki, kuch ishlatish erkinligi ma`lum bir holatlardagina huquqiy tartib tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun “majburlash” deb tushuniladi. Albatta, bu faqat ruxsat etilgan holatlarda amalga oshiriladi. Qonunga amal qiladigan yoki qilmaydigan shaxslar “subyekt” lardir, rozilik beruvchi va qonunni ishlatuvchilar esa “organ” lardir. Agar insonlar xatti-harakatiga nisbatan ishlatilgan qonuniy kuch haqida fikr yuritsak, biz subyekt va organ xatti-harakati orasidagi farqqa e`tibor qaratishimiz lozim. Holland ham o`z ta`rifida huddi organning xatti-harakatiga urg`u berayotgandek tuyuladi. Lekin, kuch ishlatish haqida so`zlovchilar ko`pincha subyekt haqida fikr yuritishadi: go`yoki shaxslar qonunga mutlaq bo`ysunishlari shart. Ular bunday deganda davlatning majburiy chora-tadbirlari, jazolari emas aksincha, subyektlarning qo`rquvlari (itoatkorsizlik va qonunga zid borganda) haqida fikr yuritishadi. Huddi “majburlash” ruhiy bo`sunish demakdir, va insonlarning qonuniy tartib haqidagi shunday fikrlariga olib keladi. “majburlash” haqidagi bu tushuncha qonuniy tartib borasidagi fikrlarni o`zgartiradi. Ruhiy bo`sunish davom etar ekan, qonun aqliy yoki diniy normalarni farq qilmay qoladi. Aqliy va diniy normalar ham majburiydir chunki ular ham bizni ularga mos xatti-harakat qilishimizni talab etadi.
Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling