Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Huquq normasi
Huquqiy norma va nizomning mazmun mohiyati Agar majburlash huquqning muhim tarkibiy qismi sifatida belgilansa, huquqiy tartib asosida tuzilgan normalar majburiy bo`lishi kerak. Masalan, jazolash. Xususan, umumiy normalar ma’lum holatlarga bog`liq bo`lgan aniq jazolashning ichidagi normalar bo`lishi kerak. Bu bog`liqlik “kerak” tushunchasi orqali ifodalanadi. Bu qonun chiqaruvchi organlar bunday taxminiy “kerak” tushunchalari shaklidagi normalarni zaruriy tarzda berishi kerak degani emas. Normaning shakllari qonun chiqarish tartibining turli natijalaridan tashkil topgan. Qonun o`g`irlikni ta’qiqlaganda, u birinchi o`g`irlik tushunchasini nizomning qoidasida belgilab o`tadi va keyin jazoni o`sha nizomning boshqa bir moddasining qismi yoki, hattoki, boshqa nizomning ma`lum bir qismi bo`lishi mumkin bo`lgan boshqa bir hukm bilan shart qilib qo`yadi. Ko`pincha oxirgi hukm buyruq yoki “zarur” shaklidagi hukm bo`lmasdan, kelajak hodisasini faraz qilish ko`rinishida bo`ladi. Qonun chiqaruvchi ko`p hollarda kelajak voqeasidan o`g`ri shu va shunga o`xshash yo`llari bilan jazolanishini aytishda foydalanadi. Keyin u o`sha yoki boshqa nizomda o`g`ri biror joyda javob bergan savolni taxmin qiladi. “Jazolanadi” so`zi kelajak voqeasi tahminini nazarda tutmaydi – qonun chiqaruvchi bashoratchi emas – ammo “qat’iy buyruq” yoki “farmoyish” atamalari majoziy fikrdan kelib chiqqan. Huquq normasini yaratish jazo holatlari bajarilganda, o`g`riga qarshi ijro etilishi kerak bo`lgan jazoni nazarda tutadi. Bu huquq sohasining jamiyat qonunini namoyish etish vazifasidir, masalan, huquqiy ma’muriyat tomonidan qonun chiqarish tartibida ishlab chiqilgan, unga ko`ra shu va shunga o`xshash holatlar bajarilsa, shu va shunga o`xshash jazo qo`llanilishiga ta’sir qiluvchi bayonot ko`rinishidagi materiallar. Huquq sohasi namoyish etadigan qonunlar vositasidagi bayonotnoma, qonun chiqaruvchi ma’muriyatlar tomonidan yaratilgan normalar bilan adashtirilmaslik kerak. Bu bayonotnomalarni normalar emas, balki huquqiy qoidalar deyish muvofiqdir. Qonun yaratuvchi ma`muriyatlar tomonidan ijro etilgan huquqiy normalar ko`rsatmalardir. Qonun sohasi tomonidan tuzilgan huquq qoidalari tavsiflovchidir. “Qonuniy qoida” yoki “huquq qoidasi” atamalari bu yerda tavsiflovchi ma’noda ishlatilganligi muhimdir. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling