Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Umumiy va shaxsiy qaratilgan normalar


Download 181.76 Kb.
bet66/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Umumiy va shaxsiy qaratilgan normalar

Huquq qoidalardek xarakterlanadi. Ta’kidlab o’tish joizki, huquqiy qoidalar o’z ahamiyatiga ko’ra boshqa qoidalardan farqlanadi. Huquqiy qoidalar tabiat qoidalaridan alohidadir.

Tabiat qonunlari hodisalarning aniq yig’indisi bo’lsa, huquqiy qoidalar kishlarning xulq-atvor qoidalaridan iboratdir. Tabiat qoidalari tabiatda sodir bo’ladigan hodisalar va bu hodisalarning nega sodir bo’lishi va ularning sabablarini o’z ichiga oladi. Huquqiy qoidalar faqatgina shaxslarning xatti-harakatlari, ular nimalarni qilishlari yoki qilmasliklari va bu odob-axloq qoidalarining sabablaridan iborat. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, matnda “qoida” terminidan foydalanmadik, norma qonun kuchiga ega bo’lganidek. Qoida so’zi tor ma’noni ifodalagani uchun, o’quvchilar noto’g’ri fikr hosil qilmaskliklari uchun “Qonun” so’zi qo’llanilgan. Qoida o’xshash hodisa yoki voqealardan iborat bo’ladi. Qoida hamisha yoki deyarli shartli ravishda bajarilishi kerak. Haqiqatda, qonun aksariyat hollarda umumiy qoidalar bilan tushuntiriladi. Avgustin qonun va ma’lum odat o’rtasidagi farqlarni batafsil tavsiflaydi. Avgustin aytadiki, odatlarga ma’lum guruhlar bo’ysunishlari kerak, odatlar ham qonun va qoidadir. Qonun va qoida o’rganayotganimizda, biz qonun umumiy normalardan iborat ekanligini ham unutmasligimiz lozim.

Ammo, qonun faqatgina umumiy qoidalardan iborat emas. Qonun shaxsga qaratilgan normalarni ham o’z ichiga oladi. Qonun kuchiga ega bo’lgan normalarga bo’ysunish va ular yuzasidan murojat qilish mumkin. Ko’p normalar qonun chunki ular huquqiy jihatdan amalda bo’lib, huquqning bir qismi sanaladi. Sud qarorlari muhim normalardan biri hisoblanadi, ammo ularning amal qilish doirasi chegaralangan. Masalan, qarzdor A.ning $1000 mablag’ni kreditorga qaytarishi to’g’risidagi qaror. A.ning B.ga qarzini to’lamasligi fuqarolik sanksiyasini qo’llashga olib keladi. Sudyaning qarori huquqiy norma bo’lib, u fuqarolik huquqining umumiy prinsiplariga asoslanib qarzdorning qarzini qaytarmasligi norma sanksiyasini vujudga keltiradi.

Qonunlar izchilligi va qonuniylik umumiy xarakterga ega bo’lishi ham yoki bo’lmasligi ham mumkin. Tabiatan, qonun bu normadir, ammo qonunni qoidalar deb hisoblash uchun asos ham yo’q. Agar shaxsga qaratilgan normalar qonunning muhim xarakterini ifodalasa, u qonundek tushunilishi shart.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling