7-Mavzu: Yuridik aktlar orqali umumiy normalar yaratilishi
Sud ishlari asosida yaratilgan umumiy normalar
Mantiqan mumkin bo`lgan nohaq va adolatsiz holatlar paydo bo`lganda sudlar tomonidan yaratiladi. Bunda sudyaning shunday vakolati borki, qachonki ayrim hollarda biror hodisa yuzasidan da`vogarning da`vosi rad qilinishi sudyaga oshkora adolatsizlik bo`lib tuyulsa, sudya o`z ishonchidan kelib chiqib nomuvofiq qaror chiqarishga majbur bo`ladi. Sudya sudlanuvchining majburiyatini nazarda tutuvchi norma yaratishi mumkinligi qonunda belgilab qo`yilgan. Bu norma qonunchilikda o`z ifodasini topmagan bo`lishi mumkin va bu norma aniq holatlar uchun yaroqli bo`lmasligi mumkin. Qonunchilikda shunday norma borki, to`g`ri deb belgilangan holat xato bo`lishi mumkin, ayrim paytda adolatsiz bo`lishi ham mumkin. Shu holatda sudyaning qarori amalda qo`llaniladi. Ammo, hamma vaqt mazkur qaror barcha holatlar uchun qo`llanilmaydi va avvalgi foydalanilgan qoidalarga murojaat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |