Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Sud ishlari asosida ishlab chiqilgan umumiy normalar
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldindan mavjud qonunsiz hech qanday sud qarori bo`lmaydi
Sud ishlari asosida ishlab chiqilgan umumiy normalar
Shunga qaramay, “sud ishlari qanday bo`lmasin ishni hal qilishi shart. Sud ishni hal qilayotganda avval mavjud bo`lgan normalarga ko`ra boshqaruvni qabul qila olmaydi. Aytish mumkinki, Nevadada bu soha bo`yicha haqiqatdan ham qonun mavjud bo`lgan, lekin faqat yuridik fiksiyalarning (to`qima, uydirma) bizning jarayonlarimizga qattiq zarba berishi mumkinligini ko`rsatish uchungina mavjud bo`lgan. Oldindan mavjud qonunsiz hech qanday sud qarori bo`lmaydi Avvalambor, Gray sud ishini 2 xil yo`l bilan hal qilish orqali qaror qabul qilish mumkinligi haqidagi faktni inkor etdi. Bu Anderhillning da`vosini, uning Pittdan badal undirish uchun qilgan shikoyatini rad etadi, shu asosdakim, ijobiy huquqqa ko`ra Pitt suv omborining kutilmaganda yorilishi sababli yetkazilgan zararni qoplashga yuridik jihatdan majbur emas; Nevada qonuni Anderhillning shikoyatini, talablarini tasdiqlaydigan, oqlaydigan normalarga ega emas. Ushbu holatda, sud shubhasiz Nevadaning avval mavjud bo`lgan (oldindan tayyorlangan) moddiy-iqtisodiy huquq normalarini qabul qiladi. Agarda Anderhill mutlaqo asossiz shikoyat masalasini ko`targanda, masalan, Pitt Anderhillga 5000 dollar miqdorda pul to`lashi kerak, chunki u Anderhillning qiziga uylangan; xuddi shu holat ro`y bergan bo`lardi. Hech bir shubhasiz, agar bu holat asossiz shikoyat sifatida rad etilganda, sud Nevada qonunini qo`llagan bo`lardi. Qonun nafaqat qo`llaniladi, ayblanuvchi sudlangan yuridik, sud qaroriga ko`ra yoki sud nafaqat ustun bo`lgan huquqiy tartiblarga asoslangan holda da`vogar foydasi uchun yechim topadi, balki ayblanuvchi oqlangan sud qarorlariga ko`ra ham qonunlar qabul qilinadi yoki sud ustuvor huquqiy tartibga asoslangan holda da`vogarga qarshi ham qaror qabul qiladi. Qonunning qo`llanilishi nafaqat ijobiy ma`noda, balki salbiy ma`noda sodir bo`lishi mumkin. Qonun nafaqat qonun chiqaruvchi organlarning buyruqlari va sanksiyalarning ijrosi bilan, balki ana shu organlarning buyruq yoki sanksiya ijrosini inkor qilish orqali ham tartibga solinadi. Biroq, Nevada sudi Pittning suv ombori ishini boshqa yo`l bilan ham hal qila oladi: bu da`vogar uchun mo`ljallangan. Ammo, bu shuni anglatadiki, sudga Nevada qonuni tomonidan vakolat beriladi. Faqatgina moddiy-iqtisodiy huquqning avvaldan belgilangan umumiy normalarini qo`llash emas, balki ma`lum bir vaziyatlarda ushbu qonunni o`zgartirishni ham nazarda tutadi. Ya`ni agar ayblanuvchining da`vogar tomonidan shikoyat qilingan majburiyati avvaldan belgilangan umumiy normalarda shart qilib qo`yilmagan bo`lsa, u holda sud bu turdagi normaning yo`qligini qoniqarsiz deb baholaydi. Avvaldan belgilangan qonun sudga berilgan moddiy-iqtisodiy huquq doirasidan chetga chiqishga vakolat berishi (ruxsat berishi) shart. Sud shuning uchun ham ushbu holatda ishda ham oldindan belgilangan qonunni qo`llagan bo`lardi. Gray Nevadada bu ish bo`yicha aslida hech qanday qonun mavjud bo`lmagan deya taxmin qilib, xato qiladi. Nevadada ushbu soha vaziyatiga oid qonun ishning Nevada sudi tomonidan hal qilina olishi uchun ishlab chiqilgan. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling