Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Sud ishlari tomonidan yaratilgan umumiy normalar
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Sud ishlari tomonidan yaratilgan umumiy normalar
(presedent) Sud qarori ham umumiy normalar yaratishi mumkin. Bu qaror faqat bir sud ishi uchun amal qilish kuchiga ega emas, balki undan shunga o`xshash sud ishlarida sudlar tomonidan hukm chiqarish uchun ham ishlatish mumkin. Sud qarori pretsedent xarakteriga ega bo`lib, kelajakda shunga o`xshash yoki bir xil holatlarda qaror qabul qilishda majburiy ahamiyatga ega bo`lishi mumkin. Bu pretsedent xususiyatiga ega bo`lishi bilan birga, sudlar qonun ijodkori sifatida faoliyat ko`rsatib oldindan mavjud bo`lgan mustaqil umumiy huquq normasi bo`la olmaydi. Birinchi qabul qilingan sud qarori kelajakdagi barcha shunga o`xshash holatlar uchun umumiy majburiy xarakterga ega. Bu faqatgina pretsedent xarakteridagi ariza bo`lmasdan, balki agar bu norma sud tomonidan qabul qilingan bo`lsa, umumiy ijro etilishi kerak bo`lgan mustaqil qonundir. Sudning aniq bir qarori keyinchalik kelajakda xuddi shunga o`xshash ishlarda birinchi chiqarilgan indivudual normalarni umumlashtiruvchi bo`lib xizmat qiladi. Bu shunday ataladigan pretsedentning mohiyatiga erishilganligi sababli umumiy normaning majburlov kuchidir. Faqatgina umumiy normaning asosida birinchi sud ishiga o`xshash boshqa ishlarni yaratish mumkin. Bu qaror pretsedent hisoblaniladi shunday qilib boshqa sud ishlari bir-xil usulda ko`rib chiqilishi zarur. Sud tomonidan pretsedent shaklida chiqarilgan qaror sud hay`ati tomonidan umumiy norma sifatida qaraladi. Yoki har bir sud tomonidan pretsedent tariqasida munosib topilib, sudlar tomonidan pretsedentlar ilmiy normalar sifatida qachonlardir chiqarilgan qarorlar umumiy norma sifatida yig`ilgan. Sudlarning qonun ijodkorligi funksiyasi pretsedent xarakteridagi sud qarorida ochiq oydin ko`rinadi va bu sud qarorining umumiy normani yaratganligini anglatadi. Sud hay`atiga faqatgina avvaldan mavjud mustaqil qonunlarga yozma talab qilish emas, balki aniq sud ishlari uchun yangi qonunlarni yaratish vakolati berilgan, pretsedent xarakteridagi sud qarorlarini berishga aniq xohish bor. Bu qonunchilik tizimi mobaynida sudlar qonun chiqaruvchi organ bilan bir-xil vazifani o`taydi. Sud hay`ati umumiy qonuniy normalarning yaratuvchilaridir. Biz bu yerda sudyaning birgina qarori umumiy normalarni yaratishi to`g`risida gaplashdik. Bu turdagi qonun yaratilishi Sud hay`atining vaqtinchalik amaliyoti davomida umumiy normalarning yaratilishidan farqlanib turishi kerak. “Hamma qonunlar sudya yaratgan qonunlardir”. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling