Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Konstitutsiya bo`yicha umumiy normalarning mazmunini aniqlash
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Konstitutsiya bo`yicha umumiy normalarning mazmunini aniqlash
Konstitutsiya faqat organlar va huquqiy tartibotni belgilab bermay, balki qaysidir darajada kelgusidagi qonunlarning mazmunini ham belgilab berishi mumkin. Konstitutsiya muayyan mazmunga ega bo`lmagan qonunlarni salbiy belgilaydi. Masalan, parlament tomonidan vijdon erkinligini cheklaydigan qonun qabul qilishi mumkin emas. Faqat statutlar emas balki, qolgan huquqiy tartib normalari, sud va ma`muriy qarorlar ham konstitutsiya tomonidan belgilanishi mumkin. Konstitutsiya kelajakda qabul qilinadigan huquqiy aktlarning mazmunini ham oldindan belgilab beradi, masalan, АQSh Konstitutsiyasida “jinoiy qidiruvning har qanday holatida ayblanuvchi tez va ommaviy sud qilinishi huquqiga, davlat xolis hakamlar hay`atiga va jinoyat sodir etilgan hududda qonunda belgilangan tartibda xolis ko`rib chiqilishi huquqiga ega va boshqalar”. Konstitutsiyaning mazkur normalari kelgusida jinoiy qonunchilikni mazmunini belgilaydi. Basharti huquqiy tartibga solish chegarasida o`rnatilgan huquq bilan birgalikda an`anaviy huquq ham mavjud bo`lsa, huquqni qo`llovchi organlar, ayniqsa sudlar nafaqat qonun chiqaruvchi organ tomonidan qabul qilingan umumiy normalar, balki odatlar tomonidan yaratilgan umumiy normalarni ham qo`llashi kerak, shundan keyingina odat qonun yaratuvchi fakt sifatida qaraladi. Bu faqatgina Konstitutsiya odatni qonunchilik jarayonidek so`zning moddiy ma`nosida o`rnatganda mumkin bo`ladi. Odat xuddi qonunchilik jarayonidek konstitutsiyaviy institut bo`lishi kerak. Bu konstitutsiyada yaqqol nazarda tutilishi, statut va odat huquqi o`rtasidagi aloqa yaqqol tartibga solinishi mumkin. Biroq, konstitutsiyaning o`zi butunlay yoki qisman yozilmagan, odat huquqi bo`lishi mumkin. Shu tarzda bu odatning qonun yaratuvchi fakt bo`lganligi tufayli sodir bo`lishi mumkin. Basharti huquqiy tartibga solishning odatni qonun yaratuvchi sifatida o`rnatmaydigan yozilgan konstitutsiyasi mavjud bo`lsa, shunga qaramay huquqiy tartibga solish statut huquqi bilan birga odat huquqini o`z ichiga olsa, shundagina yozilgan konstitutsiya normalariga qo`shimcha sifatida huquqni qo`llovchi organlar faoliyati bilan bog`liq umumiy normalarga muvofiq ravishda an`anaviy yaratilgan konstitutsiyaning yozilmagan normalari ham mavjud bo`lishi shart. Huquq o`zining yaratilishini tartibga solgani kabi odat ham shunday xususiyatga ega. Ba`zida odat qonun yaratuvchi fakt sifatida emas, balki deklarativ xarakterga ega deb ta`kidlanadi: u shunchaki oldindan mavjud bo`lgan huquq qoidasi ekanligiga ishora qiladi. Ushbu huquq qoidasi tabiiy doktrinaga ko`ra Xudo yoki tabiat tomonidan yaratilgan; German tarixiy maktabiga ko`ra (19 asrning boshlarida) bu inson ruhiyati tomonidan yaratilgan (Volksgeist). Ushbu maktabning eng muhim vakili F.S Savini Volksgeinst tomonidan sirli ravishda yaratilgan huquq yaratilmaydi, u insonda mavjud va u bilan birga tug`iladi degan qarashni yoqlaydi. Oqibatda u qonun yaratuvchi har qanday vakolatni rad etdi va an`anaviy bo`ysinuvni huquq sababli emas, uning mavjudligi isboti bilan izohladi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling