Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Huquqiy tartibotning turli bosqichlarida normalar ierarxiyasi


Download 181.76 Kb.
bet82/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Huquqiy tartibotning turli bosqichlarida normalar ierarxiyasi
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish, o`zgartirish, bekor qilish boshqa oddiy qonunlardan ko`ra murakkab sanaladi. Oddiy qonunlarni qabul qilishga qaraganda konstitutsiyaviy qonunlarni yaratish uchun maxsus jarayon va maxsus shakl mavjud. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilish uchun bunday maxsus shakl zamonaviy huquqda faqat moddiy Konstitutsiyaning umumiy normalarni yaratish emas balki, organlar va qonun tartibotini aniqlash har bir huquqiy tartibotning muhim elementi hisoblanadi.

Yozma konstitutsiyalar statut huquqi xarakteriga ega bo`lsa, rasmiy ma`noda oddiy qonunlarga qaraganda konstitutsiyaga o`zgartirish qiritish murakkab hisoblanadi. Аmmo, ayrim davlatlarda, masalan Buyuk Britaniyada yozma konstitutsiya yoki “Konstitutsiya” deb nomlangan biror bir tantanali hujjat mavjud emas. Bu yerda konstitutsiya odatdagi huquq normasi xarakteriga ega, ya`ni konstitutsiya va oddiy qonunlar o`rtasida hech qanday farq mavjud emas. Moddiy ma`noda Konstitutsiya yozma yoki og`zaki shaklda bo`lishi mumkin va tartibga soluvchi yoki oddiy huquq xarakteriga ega bo`lishi mumkin. Аmmo, konstitutsiyaviy huquqning muayyan shakli mavjudki, har qanday tarkib mazkur shakl ostida bo`lishi mumkin. Ishning mohiyatiga ko`ra, u yoki bu sababga ko`ra muhim hisoblangan sub`ektiv masalalar ko`pincha oddiy qonunlar o`rniga konstitutsiya bilan tartibga solinadi. Misol tariqasida, АQSh Konstitutsiyasidagi hozirda bekor qilingan ta`qiq to`g`risidagi o`n sakkizinchi o`zgartirishni keltirish mumkin.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling