Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet72/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Qonun tartibi va tabiat qonuni
Qonun tartibi bu gipotezaga asoslangan ma’lum bir oqibatlarni, ma’lum bir holatlarga bog’lovchi qaror. Buni tabiat qonunining mantiqiy shakli desa ham bo’ladi. Qonun ilmiga o’xshab tabiat ilmi ham ko’plab obyektlarni gipoteza qarorlari bilan tavsiflaydi. Bu yerda holat deb keltirib chiqaruvchi sabab nazarda tutilyapti. Oqibat esa uning qilayotgan ta’sirini nazarda tutyapti. Tabiat qonunining eng asosiy shakli bu sabab qonunindir. Ya’ni, biror narsa sabab bo’lib boshqa narsa sodir bo’ladi. Tabiat qonuni va qonun ilmining farqi shundaki, qonun ilmi insoniyat va uning xulq-atvori bilan bo’g’liq. Ikkinchisi ya’ni tabiat qonuni esa narsalar va ularning o’zaro tas’iriga ahamiyat qaratadi. Inson xulq-atvori ham o’z navbatida tabiat qonunlarining bir qismi bo’lishi mumkin chunki inson xulq atvori ham tabiatga bog’liq. Qonun va tabiat qonunini bog’lab turgan elementlar bilan unchalik kata farq qilmaydi.Tabiat qonuni aytadiki, A bo’lsa, B mana bunday bo’ladi. Qonun aytadiki, agar A bo’lsa, B bunday bo’lishi shart, deydi. Qonun bu normalardan iborat. Tabiat qonuni bilan qonunning farqi shundaki, tabiat qonunida agar bunday bo’lsa, mana bunday bo’ladi degan fikr mavjud, lekin qonunda esa agar bunday bo’lsa mana bunday bo’lishi shart degan fikr ilgari suriladi. Tabiat qonuni o’z narsalarini sabablilik prinsipiga asoslaydi, shunga ko’ra qonun normativlik prinsipiga asoslanadi.

Odatda tabiat qonuni bilan normaning farqi haqida so’z yuritiladigan bo’lsa, shuni aytish mumkinki, tabiat qonunida hech qanday istisno holat yo’q, lekin normalarda istisno holatlar mavjud. Lekin, bu to’g’ri emas. Normativ qoidaga ko’ra, biror kishi o’g’rilik qilsa u jazolanishi kerak degan jumlar o’g’ri jazolanmasdan qolsada amal qiladi. Bu holatda ya’ni shart holatida istisno yo’q, biroq bo’ladi holatida istisno mavjud, ya’ni agar biror kishi o’g’rilik qilsa kelajakda u albatta jazolanadi deganidir. Agar fakt normaga mos kelmasa, mavjud norma holatiga ta’sir qilmaydi. Faktda qachon istisno holat bo’ladi, qachonki u qoidaning mantiqiy teskarisi bo’lgandagina. Norma reallik namunasi bo’lmagani uchun hech qanday real holat normani rad eta olmaydi. Norma o’z tabiatiga ko’ra buzib bo’lmaydigandir. Ayrim hollarda norma buzilibdi degan fikr paydo bo’ladi va bu fikr notog’ridir. Chunki bu yerda norma haqida hech qanday aniq gap yo’q, u normaning shunchaki ozgina xususiyatini ko’rsatmoqda xolos.

Lekin, tabiat qonunni buzib bo’lmaydi deb hisoblab bo’lmaydi, chunki tabiat qonuning aniq bir istisno holati mavjud emas.

Tabiat qonunida sabab va tasir tushunchasi faqat ehtimollikka asoslangan va buning aniq sodir bo’lishi kafolati yo’q. Agar tajribaviy dalilga asoslangan holda ikkita holat Sabab va tasir holatiga mos kelsa yani birinchisi sababli ikkinchisi sodir bo’lsa va ushbu holat tabiat qonuniga formulalashtirilib qo’yilsa shunga o’xshash holat yana sodir bo’lsa bu qonunda belgilangan formulaga butunlay teskari holatda sodir bo’ladi deb aniq aytib bo’lmaydi, balki yana shunday bo’lishi mumkin. Bu qonunda istisno holatiga misol bo’ladi. Agar shunday ish sodir bo’lgan taqdirda qonunning formulasi o’zgartirilishi kerak. Shuning uchun istisno holati doim mavjud bo’ladi. Lekin, yangi formula tuzilganda ham u ham baribir ehtimollikka asoslanib yaratiladi. U ham butunlay to’g’ri hisoblanmaydi. Demak qonunda istisno holatlari bo’lishi kerak.

Agar biz sabablilik tushunchasini inson ongida sinab ko’rsak, sabablilik qonuni normadan kelib chiqqanini topamiz. Tabiat tushunchasi boshida ijtimoiy xarakter hisoblangan. Ibtidoiy odamlar tabiatni o’z jamiyatlarining muhim qismi deb hisoblaganlar. Ular jismoniy reallikni xuddi ijtimoiy munosabatlariga asoslaning tariflashgan.ularning jamiyati tomonidan berilgan buyrug’i xuddi tabiat tomonidan berilgan buyruq deb qabul qilingan. Ular jamiyatlariga bo’ysungani kabi o’simliklar ham tabiatga bo’ysunadi deb hisoblashgan va asosiy norma shunday bo’lganki yaxshi ish rag’batlanishi kerak, yomon ish jazolanishi kerak. Bu ibtidoiy tuzumning tushunchasi bo’lgan. Qonuniy norma shu tushunchaning yangilangan shakli hisoblanadi.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling