Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Huquq normasi va qonun ustuvorligining tavsiflovchi xususiyati


Download 181.76 Kb.
bet71/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Huquq normasi va qonun ustuvorligining tavsiflovchi xususiyati
Agar “majburlov” huquqning muhim elementi bo’lib hisoblanadigan bo’lsa, u holda huquqiy tartibni tashkil qiluvchi normalar majburiy xatti-harakatdan iborat bo’lishi kerak, masalan sanksiya. Jumladan, umumiy qoidalarga ko’ra – aniq holatlarga aniq sanksiya belgilanishi shart va ushbu tushuncha “kerak” (zarur) deya e’tirof qilinadi. Bu bilan qonun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar qonun normalarga gipotik jihatdan “kerak” ma’nonisi beradi degani emas. Turli huquq elementlari qonun yaratishni turli xil jarayonlarni o’z ichiga oladi va lingvistik jihatdan turli ma’nolarni anglatadi. Qonun chiqaruvchi o’g’rilikni ta’qiqlasa, u birinchi navbatda o’g’irlikni bir qancha iboralar orqali ta’riflaydi va bu qonunni mazmunini tashkil qiladi, keying qismda sanksiyani kiritadi va o’z navbatida bu narsa xuddi shunga o’xshash qonunning bir qismi yoki butunlay boshqa qonuning bir qismiga aylanishi mumkin. Odatda ikkinchi gapda “majburiy” degan so’z bo’lmaydi, uning o’rnida kelasi zamonda bajariladigan ishni oldindan aytadi. Qonun chiqaruvchi ko’pincha kelasi zamon gaplarni ishlatadi va o’g’ri shunday tarzda jazolanadi deb keltiradi. U keyin shuni taxmin qiladiki, o’g’ri kimligi haqidagi savolga qonunda javob berib o’tadi. “Jazolanadi” iborasi kelajakdagi ishni aniq aytmaydi chunki qonun chiqaruvchi bashoratchi emas, u faqat taxmin qiladi xolos. Qonun-norma ishlab chiquvchi tashkilot shuni alohida ta’kidlaydiki “majbur” degan sanksiya o’g’irlik to’g’risidagi holatlar bajarilgandagina qo’yiladi.

Qonun ilmining vazifasi jamiyat uchun qonun yaratishdan iborat. Masalan, qonun chiqarish jarayonida qonun chiqaruvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan normada, agarda mana shunday shartlar bajarilgan bo’lmasa, unda bu sanksiyalar qo’llanilmaydi, deb yozib qo’yiladi. Lekin, huquq ilmi bilan qonun majburiyatini chalkashtirmaslik lozim. Huquq ilmi nima qilish lozimligini aytadi, qonun chiqaruvchilarning qonunlari qanday qilish kerakligini aytadi. Qonun tartibi bilan qonun ustuvorligi atamalarining tavsiflovchi xususiyatining muhimligi shunda ko’rinadi.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling