Qonun chiqaruvchining irodasi
Agar biz moddani qonun chiqaruvchining qaroriga ko’ra tanlasak, ham buyruq bilan bir-xil ma’noda qo’llaniladi. Parlamentning har bir a’zosi o’z navbati bilan moddani ko’rib chiqib uni qabul qilishga o’z roziliklarini bildirishadi. Modda Parlament qarorlari qabul qilinganidan keyin huquqiy kuchga ega bo’ladi. Qonun ustovorligini ta’minlovchi har qanday sudya qanday usul bilan bo’lmasin muayyan hodisani isbotlashga harakat qilmog’i kerak. Normaning mavjudligi bu fizik hodisa emas. Yurist moddani o’rganib chiqar ekan, barcha holatlarga, subyektlarga, ularning irodasiga ham e’tibor berishi lozim.
Allaqachon o’z kuchini yo’qotgan, hech qanday kuchi qolmagan moddalar ham yo’q emas. Aslini olganda bunday hollar tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda, Ustavning kuchi odamlar uchun majburiy bo’lmay qoladi. Agar biz bu jarayonda qaysi modda konstitutiv ekanligini psixologik tahlil qilsak, huquqni barchaga majburiy ifodalash mumkin emasligini anglaymiz.
Moddalar Parlament qarorlari bilan yaratilgan. Konstitutsiyaga asosan, parlament moddani tayinlash uchun vakolatli bo’lgan organdir. Parlament hal qiladigan jarayonlar unga bo’ysundirilgan a’zolar o’rtasida umumiy ovozga qo’yiladi. Modda parlament a’zolari ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Uning qabul qilinishini xohlamagan a’zolar qarshi ovoz berganlar. Bu modda uni yoqlab ovoz bergan butun a’zolar uchun qonuniy bo’lgan. Lekin, bu degani a’zolarning ovozi bilangina qaror qabul qilinadi degani emas Parlament boshlig’ining ovozi hal qilivchi bo’lib, u eng oxirida ovoz beradi. Yana shunisi aniqki, ovoz beruvchi a’zolarning ko’plari yuzakilik bilan o’z roziliklarini beradilar. Ovoz berish ikki xil usulda amalga oshiriladi. A’zolar qo’llarini ko’taradilar yoki “Ha” degan tasdiq javobni aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |