Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Qonun va tinchlik
Tinchlik bu kuch ishlatilmaydigan mavjudlikdir. Boshqacha aytganda, huquq faqat nisbiy tinchlik beradi, mutloq emas, kuch bilan individual shaxslar huquqlarini mahrum etadi,jamiyatni rivojlantiradi. Qonunni mutlaq kuch yo`q bolgan tinchlik deb o`ylamaslik kerak,u davlat anarxiyasi, bu kuchning monopol sharoitidir, ya`ni jamiyatning kuch monopoliyasidir . Jamiyatda, uzoq muddat davomida saqlanib qolishi mumkin, agar har bir individual shaxs aniq qiziqishlari bo`lmish - hayot, sog`lik, va boshqa huquqlarini hurmat qilsa ya`ni shaxslar o`zlarini boshqa shaxslarning qiziqishlariga suqulishdan tiya olsalar. Biz qonun deb ataydigan ijtimoiy usul insonlarni o`zlaridagi xulq-atvordan kelib chiqib qiladigan zo`ravonliklarni ma`lum tarzda oldini oladi: bunday holatda qonun insonlarning oldingi xulq-atvorlariga asoslanib keyingi xatti-harakatlariga aralashadi. O`xshatish uchun o`xshatish. Aynan shu qasos haqidagi g`oya bu ijtimoiy terming poydevor bo`lib xizmat qiladi. Faqatgina bu g`oyaning yuqori bosqichlarida qasos, jazo tushunchalari “oldini olish” tushunchasi bilan almashtiriladi. Lekin, keyinchalik mafkuramizdagi o`zgarishlar qonunning bu ijtimoiy uslubini isbotlashga harakat qiladi. Ammo, usul o`sha-o`sha qoladi. Boshqalarning shaxsiy manfaatlariga aralashuv bir tomondan noqonuniy xatti-harakat, qonunbuzarlik ikkinchi tomondan esa ma`qullashdir. Qonun shunday kuchki unda kuch ishlatish taqiqlanadi biroq bazi bir holatlarda va ba`zi bir insonlargagina ruxsat etiladi. Qonunga ko`ra kuch ishlatish yo qonunbuzarlik yoki ruxsat etilganlik ya`ni huquqni muhofa qiluvchi organlarning qonunbuzarlikka qarshi xatti-harakati sifatida tushuniladi. O`zgalarning qiziqishlariga aralashish faqatgina jamiyatning ma`lum bir hollarida shaxslarning noo`rin xatti-harakatlariga ko`rsatgan ta`siri deb tushuniladi chunki, bunday aralashuv oxir-oqibat monopoliyaga olib keladi, shaxslarning faqatgina ma`lum qiziqishlari himoyalanishi mumkin. Agar jamiyat insonlarning shaxsiy manfaatlariga aralashmasa va monopoliyaga yo`l qo`ymasa, aniqroq aytadiagan bo`lsak, jamiyat faqatgina ma`lum bir holatlarda fuqarolarning qiziqishlariga aralashaman deb shart qo`ymasa (albatta noqonuniy va jazoga loyiq ish qilinganda va faqat individual shaxslargagina), insonlarning barcha qiziqishlari har tomonlama huquqiy tartibda himoyalanadi. Boshqacha aytganda, bu borada hech qanday davlat tomonidan ijro etiladigan qonunlar bo`lmaydi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling