Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet57/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Qonun, odob va din
Qonunni o`ziga xos ijtimoiy-texnikaning majburiy buyruqlari yig`indisi deb idrok qilinadigan bir paytda, biz uni qonun bilan bir-xil maqsadda ishlatadigan, ammo undan ba`zi jihatlarda o`ta farq qiluvchi boshqa ijtimoiy buyruqlar bilan keskin solishtirishimiz mumkin. Ta`kidlash joizki, qonun bu-bir uslub maxsus ijtimoiy-huquqiy uslub , lekin u yakuniy chora emas. Qonun, odob-ahloq va din kabi ustuvor qoidalar qotillikni man etadi. Lekin, ularning bari insonlarga har-xil yo`sinda tasir etadi. Ya`ni, bunda qonun qotillikni amalga oshirgan insonni jazoga tortishda qonun belgilangan huquqiy javobgarlikka tayanadi. Axloqiy chegara esa iinsondagi o`ldirishga bo`lgan ishtiyoqni chegaralaydi. Agar qotil tengdoshlari tufayli o`zining ichki qonun-qoidalariga zid borsa va do`stlarining aqliy tazyiqiga uchramaslik uchun qotikllikka beriladigan qonuniy javobgarlikni chetlab o`tishga harakat qilsa ham, ma`naviy va qonuniy farq yaqqoldir, ya`ni qonunga bo`lgan munosabat uni qay darajada qattiqligiga bog`liq bo`lib, u ijtimoiy nuqtai nazardan puxta o`ylangan bo`lsa , odob-axloq tushunchalari na puxta qonun-qoidalariga tayanadi, na ijtimoy mukammallikka ega.

Dinga nazar tashlasak, undagi qoidalar axloqiydan ko`ra ko`proq qonuniylikka o`xshaydi. Diniy tartib qoidalar qotillikka qo`l urmoqchi bo`lgan shaxslarni mislsiz kuchga ega bo`lgan diniy xudolar qahriga duchor bo`lish bilan qo`rqitadi.

Diniy harakterga ega bo`lgan cheklovlar hatto diniy tartib qoidalarda belgilab qo`yilgan bo`lsa ham , ular ijtimoiy mukammallikka, keng tartibotga ega emas. Qaysidir ma`noda ular huquqiy normalardan ustunroqdir. Ammo, bu cheklanishlarning samaradorligi insonlarning mavjud xudolariga qay darajada ishonishiga bo`g`liq.

Bu mavzudagi dolzarb muammo bu turdagi tiyilishlarning samaradorligiga emas, balki ularning ommaga qanday ta`sir etishidadir. Ijtimoiy mukammal strukturaga ega taqiqlar, cheklovlar bu mavjud tartib qoidalarga zid xatti-harakatlar amalga oshirilganda ularga mos tarzda javobgarlikka tortilishidadir. Bunday xulqni biz o`z navbatida, qonunbuzarlik (delict) deb ataymiz. Qonunbuzarlik ham unga ko`riladigan jazo ham qonun bilan belgilangan. Jazo bu - qonunning huquqbuzarlikka bo`lgan reaksiyasi, ya`ni qilingan ish uchun zolimga ko`riladigan chora qanday bo`lishi kerak deganidir. Jazoni tayinlovchi inson esa qonun himoyachisidir. Boshqacha qilib aytganda, jazoni amalga oshiruvchi shaxs davlat organi xodimi bo`lib, u davlat organi tomonidan tayinlanadi. Jamiyat undagi shaxslarning xulq-atvorini aniqlab beruvchi qonun-qoidalarsiz hech kim, aynan ular jamiyatdagi tartibni saqlab qoladi. Aytaylik odamlar bir yaxlit jamiyatga tegishli bo`lsalar yoki bir jamoani hosil qilsalar, demak bundan xulosa qilish mumkinki, ular bir-birlariga bo`lgan o`zaro munosabatlarini ma`lum me`yorlar asnosida ushlab turishga rozidir. Shuning uchun ham, qonuniy jazoda aybdorning jamoa qonunlari oldida javob berishi tushunilsa, diniy jazo gunohkorning yoki o`limi, yohud narigi dunyoda javob berishiga borib taqaladi. Bunday holatda ijtimoiy tuzumning ta`siri emas, balki sigínilgan xudolarning qahr-g`azabi tushuniladi.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling