Davlatning huquqiy tushunchasi va sotsiologiyasi
Maks Veberning so’zlari bilan aytganda sotsiologiyaning vazifasi - bu sotsial xulqni talqin qilish orqali tushunilishidir. Sotsial xulqning alohida ahamiyati bor, chunki vazifasini bajarayotgan shaxslar bunga shunday ahamiyatni bog’lashadi. Sotsiologiya bu avval o’z ishini bajarayotgan shaxslar tomonidan talqin etishga urinilgan xatti harakatlarning qayta talqin etilishidir. Agarda qonunshunos uchun davlat bu huquq va normalarning yigindisi bo’lsa, sotsiolog uchun Maks Veber fikricha har xil faoliyatlarning yigindisi va odatiy sotsial xulq jarayonidir. Bu turdagi faoliyatlar, Maks Veber talqinicha ma’lum bir markazga yo’naltirilgan, bu shuni anglatadiki, bu faoliyat qaysidir ma’lum g’oyaga asoslangan, bu g’oya esa, o’z navbatida normativ qaror va qonuniy buyruqdir. Davlat – bu faoliyatlarning – ya’ni sotsiologiya obyektlarining yig’indisi emas. Davlat – ma’lum harakat yoki harakatlar yig’indisi, shu bilan birga shaxs va shaxslardan ko’ra ko’proq narsani anglatuvchi tushunchadir. Davlat – bu insonlar bo’ysunadigan qonuniy majmuadir, insonlarning har bir xatti harakati unga qarab umumlashadi, unga qarab shakllanadi. Agar inson xulq atvori birlashib sotsiologik ob’yektni tashkil etadigan bo’lsa, bu to’laqonli davlat emas. Davlat tuzilishining sotsiologik tushunchasi mavjud emas, faqatgina huquqiy tushunchasi bor. Bu ikki tushuncha bir vaqtda bo’lishi mantiqan imkonsiz. Zero, bu yerda bir obyektga nisbatan ikki tushuncha bo’lishi mumkin emas. Huquqiy tushunchaga ko’ra: Davlat-qonun chiqaruvchi sifatida markazlashgan.
Sotsiologik tushuntirishga bo’lgan talab quyidagi fikrda uyg’unlashadi: “Nima bo’lsa ham, hukumatning borligi bu haqiqatga yaqin faktdir. Ammo, ilmiy tahlil natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, aslida davlatni talqin qilishda sotsiologik tushuncha emas,balki yuridik tushuncha mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |