Haqnazarov Suxrobning "Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi"


Download 289.77 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi289.77 Kb.
#1532099
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Haqnazarov Suxrob fiziologiya mustaqil ish

2.Tush ko`rish.
TUSH, tush koʻrish — uyquda sodir boʻladigan subyektiv psixik hodisa. Fiziologik jihatdan tush bosh miya katta yarim sharlarining tormozlanmagan hujayralari faoliyati natijasidir. Chuqur uyqu paytida bosh miya poʻstloq qismining hujayralari butunlay tormozlanadi va bunda tush koʻrilmaydi. Bosh miya poʻstloq qismining ayrim boʻlaklari tormozlanmaganda shu joylar kuchsiz taʼsirotlarga sezgir boʻladi. Shunda odam tush koʻradi.tushda uyqudagi kishi aniq va tasvirli kechinmalarning shohidi boʻladi. Tushdagi voqealar bir-biriga bogʻliq, bir oz noaniq, hayajonli, afsonaviy tus oladi. Tush asosan, tez kechadigan uyqu fazasidan uygʻonish vaqtida yoki undan soʻnggi bir necha minut davomida roʻy beradi, kishi uni uzoq vaqt yodsa saqlay olmaydi. Kishi sokin kechadigan uyqu fazasida ham tush koʻrishi mumkin. Ertalabki uygʻonish davrida tush, odatda, uzoq davom etadi (chunki bunda "tez kechadigan" uyqu vaqti uzoqroq boʻladi). Tushning xususiyati kishining nerv sistemasi tipiga, uning sogʻligʻiga, maʼlum davrdagi kechinmalariga bogʻliq



TUSH HAQIDA FAKTLAR
1. Tushlar asabbuzarlikning oldini oladi
Yaqinda olimlar tadqiqot o’tkazishdi: odamlarga belgilangan 8 soat uxlashga berishdi, lekin tush ko’rish vaqti yetganida ularni uyg’otib turishdi. Ular yana uyquga ketar va tush vaqti kelganida avvalgi hodisa takrorlanardi. Natijada uch kundan keyin sinov ishtirokchilarida diqqatni jamlay olmaslik, gallyusinasiyalar, jizzakilik, asabbuzarliklar kuzatildi. Nihoyat ularga xotirjam uxlash imkoni berilganida qattiq uxlab qolishgacha bo’lgan davr cho’zilganiga guvoh bo’lishdi. Shu tariqa miya avvalgi kunlardagi uyqu buzilishining o’rnini qoplardi.
2. Tashqi ta’sirlar tushimizda ham seziladi
Ko’pchiligimiz bunga guvoh bo’lganmiz: hozirgi paytda his etayotganimiz tushimizda ham ko’rinadi. Misol uchun, chanqagan odam tushida suv to’la piyolani ko’radi. Tushida suvni ichib chanqog’ini bosmoqchi bo’ladi, lekin bunga erisholmay, yana piyolani to’ldiradi va yana ichadi. Axiyri, uyg’onib ketib, haqiqatan ham chanqaganini tushunishadi va chanqoqni bosib qayta uyquga ketishadi. Shunday qilib ongimiz uyg’onish zarurligini ko’rsatadi.




Download 289.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling