Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 1
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Haqqulova Nargiza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqqulova Nargiza Tolibjonovna “Odam va uning salomatligi fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarini tashkil etish”
- “Yosh biologlar” to’garagining taxminiy -namunaviy ish rejasi N To’garakda amalga oshiriladigan ishlar
- 2.2. Odam va uning salomatligi fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish.
- Ommaviy tarzda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar Tadbir ishlanmalar va bayram kechalarini tashkil etish
Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 1
Haqqulova Nargiza Tolibjonovna “Odam va uning salomatligi fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarini tashkil etish” mavzusidagi MALAKA ISHI Yo‘nalish (guruh)
Tinglovchining ish joyi
Kafedra mudiri
_____________ Usmanov B.I. Imzo Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________ Yunusova N.A.
Tinglovchi
_____________ Haqqulova N.T. Imzo
Samarqand- 2020 yil, avgust. Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 2
I.
Kirish …………………………………………..4-5 betlar II.
Asosiy qism. 2.1 . Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tavsifi, xillari, ahamiyati …...6-10 betlar 2.2 . Odam va uning salomatligi fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish. ………………………………….10-29 betlar III. Xulosa. ………………………………….30-31 betlar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………32- bet Ilovalar Didaktik tarqatmalar …………………………………33-41- betlar “Tozalik - sog’lik garovi” tadbir ssenariysi …………………………42-49 betlar Glossariy ………………………………...........................50-51- betlar PISA topshirig’I ……………………………………….......................51- bet Badiiy adabiyotning qisqacha mazmuni ……………………………..52-53- betlar Yo’l xaritasi …………………………………………..53-54-betlar Taqdimot slaydlari ………………………………………………55- bet
Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 3
Reja: I. Kirish.
II. Asosiy qism. 2.1. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tavsifi, xillari, ahamiyati. 2.2. Odam va uning salomatligi fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish. III.
Xulosa. IV.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 4
I. KIRISH Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish maqsadida dars jarayonida turli interfaol metodlardan foydalanish bilan bir qatorda sinfdan tashqari mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil etish ham katta ahamiyatga ega. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar- o’quvchilar faoliyatining barcha turlari va shakllarini birlashtirgan, ularni tarbiyalashga, umumiy madaniyatni shaklllantirishga va ijtimoiylashtirishga (ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy, shaxsiy, intelektual rivojlanish) shuningdek, o’z- o’zini rivojlantirishva o’zini takomillashtirishga qaratilgan. Bunda o’quvchilar o’zi qiziqqan biologiya fanini yanada chuqurroq o’rganadi, bilimini mustahkamlaydi, kengaytiradi, bu bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo’llashi mumkin. Mavzuning dolzarbligi: Odam va uning salomatligi fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishning biologiyani o’qitishda samaradorligini oshirishi, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini mustahkamlab, uni amaliyotda qo’llay olishi, kasbga yo’naltirishida, tajriba va kuzatishlar o’tkazishida mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirishda, sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ishning maqsadi: Odam va uning salomatligi fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishning yangi pedagogik texnologiyalarini maktab o’quvchilariga keng miqyosida tadbiq etish. Vazifalari: - odam va uning salomatligi fanini o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlarning ahamiyatini o’quvchilarga anglatish; - biologiyani o’qitishda sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishni o’rganish;
Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 5
- odam organizmini tashkil etgan organlar, ularning tuzilishi, tanada joylashgan joyi, vazifalari, kasalliklari bilan tanishtirish; - Odam va uning salomatligi fanidan olgan bilim va ko’nilmalarini shakllantirish va mustahkamlash; - o’quvchilar orasida sog’lom turmush tarzini shakllantirsh. O’quvchilarning fanni chuqur o’zlashtirishlariga erishish, ko’rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishlari va bilimlarini oshirishha bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida biologiya fanidan sinfdan tashqari mashg’ulot o’tkaziladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog’langan va bir-birini to’ldiradi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarga individual ishdan jamoaviy ishlarga, jamoaviy ishlardan esa ta’lim uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy yo’nalishni egalllashiga imkon beradi. O’quvchilar o’zlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga erishadilar. Maktablarda biologiya fanlaridan sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish o’qituvchining ijodiy faoliyatining mezonlaridan biri bo’lib, uning pedagogik mahorati va kasbiy ma’suliyatining ko’rsatkichi hisoblanadi. II. Asosiy qism 2.1. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning tavsifi, xillari va ahamiyati. Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 6
o’qituvchi rahbarligida biologiya o’quv dasturidan o’rin olgan mavzularni kengaytirish va to’ldirish maqsadida yo’g’rilgan darsdan tashqari o’tkaziladigan ixtiyoriy o’qitish shaklidir. O’quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o’zlashtirishlariga erishish, qo’shimcha o’quv adabiyotlari, ko’rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo’yicha kuzatish va tajribalar o’tkazish, o’quvchilarning qiziqishlari va bilimlarini o’zlashtirishga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo’llash, o’qishni unumlijismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog’lash maqsadida biologiya fanidan sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkaziladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog’langan. Bir-birini to’ldiradi. Ayrim o’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlar ularning hohishi va istagi, ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olingan holda biologiya o’quv xonasida, tirik tabiat burchagida , maktab tajriba maydonida fermer xo’jaligi dalalarida, o’tkazilishi mumkin. Ushbu mashg’ulotlar o’quvchilarning qo’shimcha o’quv adabiyotlarini o’rganish, ijodiy izlanishlarini tashkil etish, sinov-tajriba maydonlarida muayyan mavzular bo’yicha kuzatish va tajribalar o’tkazish, ma’ruzalar va ko’rgazmali materilallarni tayyorlash kabilarga bag’ishlanadi. Biologiya o’qituvchisi olib borilayotgan ishlar va ularning natijalarini nazorat qilib boradi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish 3 yo’nalishda olib boriladi: 1. Individual 2. Guruhli 3. Ommaviy. Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 7
Biologiya fanidan darsdan tashqari ishlarning individual shakli deyarli har bir maktabda olib boriladi. Biologiyaga qiziquvchi individual o’quvchilarga o’qituvchi tabiatda biron bir kuzatishlar o’tkazishni, ma’lum bir ilmiy kitobni o’qishni, ko’rgazmali qo’llanmani tayyorlashni, stend uchun material tayyorlashni topshiradi. O’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarga biologiya o’quv xonasini jihozlash, tabiatga mavzuli ekskursiyalar tashkil etish, o’quv jarayonlari uchun zarur bo’lgan ko’rgazmali vositalarni tayyorlash, va “Yosh biologlar” to’garagining ishi misol bo’ladi. Mazkur to’garakning didaktik maqsadi o’quvchilarning o’quv fanlariga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, qo’shimcha o’quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash, tabiat va jamiyatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish, ongli ravishda kasb tanlashga yo’llash, mustaqil va ijodiy fikr yuritish, tajriba qo’yish va kuzatishlar o’tkazish ko’nikmalarini rivojlantirish sanaladi. To’garakning asosiy vazifalari: 1. Dasturda berilgan ma’lumotlarning ayrin qismlarini chuqurroq o’rganish, o’quvchilarning biologic bilimlarini kengaytirish. 2. O’quvchilarning individualqiziqishlarini va qobiliyatlarini o’stirish. 3. O’quvchi yoshlarga ekologik ta’lim-tarbiya berish va sog’lom turmush tarzini shaklllantirish. Biologiyadan tashkil etiladigan to’garakning umumiy nomi “Yosh biologlar” deb ataladi va o’quvchilarning o’rganayotgan o’quv fani, yoshi va psixologik xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hisobga olingan holda 5,6- sinflarda “Yosh botaniklar”, 7-sinfda “Yosh zoologlar”, 8-sinfda “Yosh fiziologlar” to’garaklari tashkil etiladi. Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 8
To’garakning har bir a’zosi ma’lum bir ishni bajarishi, to’garakning faoliyatida faol ishtirok etishi lozim. To’garakning bir maromda ishlashi muvaffaqiyat garovidir. “Yosh biologlar” to’garagining taxminiy -namunaviy ish rejasi N# To’garakda amalga oshiriladigan ishlar Muddati Mas’ullar 1. “Yosh biologlar” to’garagining maqsad, vazifalari bilan to’garak a’zolarini tanishtirish Sentabr To’garak rahbari va a’zolari 2. Tabiatshunoz olimlar va ularning fandagi kashfiyotlari Sentabr To’garak rahbari va a’zolari 3. Buyuk mutafakkir Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarini o’rganish Oktabr
To’garak rahbari va a’zolari 4. Fanga oid qiziqarli savollar, boshqotirmalar ustida ishlash Oktabr
To’garak rahbari va a’zolari 5. Kattalashtirib ko’rsatuvchi asboblar Noyabr To’garak rahbari va a’zolari 6. Ekologik ta’lim va ekologik bilim Noyabr
To’garak rahbari va a’zolari 7. “OITS- asr vabosi” mavzusida davra suhbati o’tkazish Dekabr
To’garak rahbari va a’zolari 8. Gerbariylar bilan ishlash Dekabr To’garak rahbari va a’zolari 9. Dorivor o’simliklarning xususiyatlari bilan tanishish Yanvar
To’garak rahbari va a’zolari 10. “Suv- bu obihayot ” mavzusida to’garak a’zolarining ma’ruzasi Yanvar
To’garak rahbari va a’zolari 11. Tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi: fevral
To’garak rahbari va Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 9
mikro va makro elementlar a’zolari 12. t e Temirga boy un noni, yodlangan tuz to’g’risida metodik adabiyotlar ustida ishlash
fevral To’garak rahbari va a’zolari 13. “ “Nurota biosfera rezervati ”tuproq resursi haqida ma’lumot to’plash Mart
To’garak rahbari va a’zolari 14. v “Ona tabiat”ekologik tadbirini tashkil etish
Mart Fan o’qituvchisi, Maktab o’quvchilari 15. “Mittilar olamiga sayohat” kichik jonivorlarning katta ishlari aprel
To’garak rahbari va a’zolari 16. v Vitaminlar A,B,C,D,E,K,PP. boshqotirmalar ustida ishlash Aprel
a’zolari 17. Xona gullarini parvarish qilish May To’garak rahbari va a’zolari
Maktab tajriba maydonchasidagi darsdan tashqari ishlar Biologiyani o‘qitish amaliyotida maktab tajriba maydonchasiga alohida e’tibor beriladi. Bu yerda o‘quvchilar dala o‘simliklari, sabzavot ekinlari, rezavor-meva ekinlari, manzarali o‘simliklar va o‘simlik biologiyasi bilan tanishadilar, ularni pravarish qilish, begona o‘tlardan tozalash va zararkunanda hasharotlarni yo‘qotish bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshiradilar. O‘quvchilarning maktab tajriba maydonchasida kuzatish va tajriba qo‘yish ishlarini maqsadga muvofiq tashkil etilishi biologiya o‘quv xonasini o‘quv jarayoni uchun kerakli tarqatma materiallar bilan ta’minlash, kuzatish va tajribalarning natijalarini darsda namoyish qilish imkonini beradi. O‘quvchilarga aniq puxta, mantiqiy tuzilgan reja asosida ishlash uquvini singdirish zarur. Buning uchun maktab o‘quv tajriba maydonchasida katta pedagogik imkoniyatlar bor. Maktab tajriba maydonchasini tashkil etish, ekin va
Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 10
ko‘chatlar ekishning puxta o‘ylangan rejasini tuzishni birinchi o‘ringa qo‘yish kerak. O‘quv tajriba maydonchasida 5-11-sinflarda darsdan tashqari ishlar kuzda, bahorda amaliy mashg‘ulotlar, yozda, kuzda va bahorda tajribalar qo‘yish va kuzatishlar o‘tkazish, biologiya darslarida tarqatiladigan va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash yuzasidan o‘tkaziladi. Maydonchada «Yosh tabiatshunoslar» to‘garagi ish olib boradi. To‘garak a’zolari maktab tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etish va maktab, sinfdan tashqari tadbirlar: «Hosil bayrami», «Qushlar bayrami», “Gullar bayrami”ni o‘tkazishga tayyorlanish, ko‘rgazmalar tashkil etishda o‘qituvchiga yaqindan yordam beradilar. Maktab tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratish, har bir guruh etakchisini tayinlash, etakchiga bajariladigan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlarning berilishi ishning samarali bo‘lishi va ularni nazorat qilinishi, o‘quvchilarning o‘z vaqtida rag‘batlantirish imkonini beradi.
mashg’ulotlarni tashkil etish. O‘quvchilarning fan asoslarini chuqur va mustahkam o‘zlashtirishlariga erishish, qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali vositalar yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish, belgilangan mavzular bo‘yicha kuzatish va tajribalar o‘tkazish, o‘quvchilarning qiziqishlari va bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlari, mustaqil va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbga yo‘llash, o‘qishni unumli jismoniy va aqliy mehnat bilan uzviy bog‘lash maqsadida biologiya fanidan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 11
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan, bir- birini to‘ldiradi va taqozo etadi.Ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar ularning xohish, istagi, ehtiyoji va qiziqishlari hisobga olingan holda biologiya o‘quv xonasida, tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonida, informatika xonasida, jamoa va fermer xo‘jaligi dalalarida o‘tkazilishi mumkin. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qo‘shimcha o‘quv adabiyotlarini o‘rganish, ijodiy izlanishlarini tashkil etish, sinov - tajriba maydonlarida muayyan mavzular bo‘yicha kuzatish va tajribalar o‘tkazish, ma’ruzalar va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash kabilarga bag‘ishlanadi. “Odam va uning salomatligi” o‘quv fani bo‘yicha ayrim o‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, uni amaliyotga qo‘llash, kasbga yo‘llash, tajriba va kuzatishlar o‘tkazish, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ommaviy mashg‘ulotlar o‘zining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyasi bilan o‘quvchilar jamoasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli biologiya o‘qituvchisi ommaviy mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etilishiga e’tiborini qaratishi lozim. Botanikani o‘qitishda “Gullar bayrami”, “Mehrjon bayrami”, “O‘simliklar so‘zlaydi”, “Biz ibn Sino vorislarimiz”, zoologiyani o‘qitishda “Qushlar bayrami”, “Qanotli do‘stlarimiz”, “O‘zbekiston baliqdari”, “Hayvonot olamining eng kichik va eng katta vakillari”, “Uy pashshasi va uning zarari”, “Parazit chuvalchanglar”, “Tinib tinchimas asalarilar”, odam va uning salomatligini o‘qitishda turli mavzulardagi kechalar, bayramlar, ma’ruzalar, “O‘tkir zehnlilar mushoirasi”, viktorina lar o‘tkazish, O‘zbekiston qahramonlari va olimlar bilan uchrashuvlar Haqqulova Nargiza Tolibjonovna 12
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling