Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga EGA va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi
Download 24.8 Kb.
|
bosh psixologiya
Estetik tarbiya. Estetik tarbiya san’atdagi, tabiatdagi, qurshab olgan hayot voqeligidagi go‘zallik vositalari asosida tarbiyalash bo‘lib, jahon pedagogikasida insonni garmonik tarbiyalash vositalaridan biri deb hisoblab kelingan.
Estetik tarbiyaning asosiy vazifasi tabiatdagi, san’atdagi, hayotdagi go‘zallikni qabul qila olish, tushunish qobiliyatini tarbiyalash, fahmlash, go‘zallikka rioya qilishga odatlantirishdan iborat. Estetik tarbiya davomida bola hayotdagi go‘zallikni tushunadi, go‘zallikni muhofaza qilishga, o‘zi ham go‘zallik yaratishga intiladi. Umar Xayyom go‘zallik, uning xosiyati xususida fikr yuritib, shunday deydi: „Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qandayaqlga xush keladi. Dunyoda yaxshi narsalar ko‘p, ularni ko‘rib bahramand bo‘lish odamlarni shod etadi va tabiatlarini pokiza qiladi, ammo hech narsa go‘zal yuzning o‘rnini bosolmaydi, chunki go‘zal yuz shunday quvonch baxsh etadiki, boshqa hech qanday quvonch unga teng kela olmaydi. Aytadilarki, go‘zal yuz dunyoda saodat sababchisidir. Estetik tarbiya o‘quvchilarda axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor normalarini tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga ta’sir qiladi. Boshlang‘ich maktabda ashula, rasm, musiqa, o‘qish darslari, shu bilan birga, sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, tarbiya omili, ijtimoiy, ishlab chiqarish, madaniy, ilmiy faoliyat va shaxsiy alo-qalar omilidan iborat tashqi omillarning hamda biologik va psixo-logik omildan iborat ichki omillarning ta’siri natijasida shakllanadi. Shaxs shakllanishining asosi uning faoliyati bo‘lib, bu faoliyat doimo o‘zini bajaruvchiga nisbatan shakllantiruvchi, o‘zini vujudga keltirgan yoki tashkil etgan shaxsga nisbatan shakllanuvchi bo‘ladi. Jamoaning shakllanishi ham tashqi omillar — ijtimoiy muno-sabatlar, tarbiya va atrofdagi jamoalarning hamda ichki omillar — jamoa ichidagi munosabatlar, aloqalar va hokazolarning ta’siri natijasida amalga oshadi. Hamkorlikdagi faoliyat va jamoaviy munosabatlar tajribasining to‘planishi jamoani shakllantiradigan asosiy va bosh kuchdir. Òakomillashuv — qarama-qarshiliklarning birligi va kura-shuvidir, ana shu birlik hamda kurash natijasida ro‘y beradigan o‘z-o‘zidan harakatlanishidir. Shaxsning va jamoaning takomillashuvi ham qarama-qarshilik-larning birligi hamda kurashi natijasida amalga oshadigan o‘z-o‘zidan harakatlanishdir. Shaxs va jamoani shakllantirishda ham doimo shaxsni va jamoani takomillashtirish nazarda tutiladi. Shaxs va jamoa takomillashuvining samarasi ularning holatidagi sifat o‘zgarishidir. Shaxs takomillashuvining manbayi ziddiyatlar va ularni qon-dirish yo‘llari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Jamoa takomillashuvining manbayi ham ziddiyatlar hisoblanadi. Psixologlar juda ko‘p ziddiyatlarni, shu jumladan, shaxslar va jamoalarning manfaatlari o‘rtasidagi, rahbarlarning jamoaga qo‘yadigan talablari bilan jamoaning ana shu talablarni bajarishi orasidagi ziddiyatlarni hal qilishi kerak. Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling