9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Astrofizik metodlar
9- MA’RUZA MASHG‘ULOTI 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja: 1. Astrofizik metodlar. Keng to‘lqinli astronomiyaning shakllanishi. Yer atmosferasidan tashqi astronomiya. 2. Astrofizik instirumentlar. Optik va radioteleskoplar. Ularning xarakteristikalari. Teleskoplarning o‘rnatilishi. 3. Dunyoning yirik astronomik observatoriyalari. Ulug‘bek rasadxonasi. 4. Astrofotometriya haqida tushuncha. Ko‘rinma yulduz kattaligi. Absolyut yulduz kattaligi. 5. Nurlanish qonunlari spektral qonuniyatlar va osmon jismlari tabiatini o‘rganishda ularning qo‘llanilishi. Astrofizik metodlar Astrofizika – osmon jicmlari va ularning tizimlarining fizik tabiatlarini, ularning evalyusiyalarini (jumladan Koinotni ham bir obyekt sifatida qarab) о‘rganishni maqsad qiladi. Oxirgi о‘n yillar ichida ilmiy texnikaviy progress astrofizik tadqiqot ishlarini takomillashtirib, uni talay aniq kо‘zatish instrumentlari,zamonaviy kompyuter texnoliyalar bilan qurollantirdi. Shuning hisobiga, astrofizika– astronomiyaning yetakchi bо‘limiga aylandi. О‘nlab yangi – quvvatli, fizik parametrlari (zichligi, temperaturalari, yuqori quvvatliligi va boshqalari) bilan bir- birlaridan keskin farqlanuvchi osmon obyektlari ochildi. Ayniqsa kosmonavtikaning rivoji tufayli ishga tushgan Yer atmosferasidan tashqi astronomiya, osmon obyektlarini kо‘zga kо‘rimaydigan nurlarda (ultrabinafsha, rentgen, gamma, infraqizil va radionurlarda) о‘rganish borasida inqilobiy bir davrga kirdi. Bularning barchasi, amaliy astrofizika deb ataluvchi kuzatishlar bilan bog‘liq astrofizika bо‘limining shakllanishida buyuk omil bо‘ldi. Astronomiya, bu yangiliklar hisobiga optik astronomiyadan keng tо‘lqinli astronomiyaga aylandi. Amaliy astrofizikaning rivojlanishi bilan bir qatorda, oxirgi yillarda fizikaning nurlanish nazariyasi, atom va yadro fizikasi bо‘yicha erishgan katta yutuqlari, nazariy astrofizikaning rivojlanishiga olib keldi. Bu bо‘lim, kuzatishlardan olingan natijalarni tahlil qilish, yangi tadqiqot yо‘nalishlarini belgilash va amaliy astofizikada qо‘llaniladigan metodlarni asoslash kabi muhim vazifalarni о‘z oldiga quyib,ularni hal qilishga kirishdi. Astrofizikaning bu ikki asosiy bо‘limi, о‘z navbatida, quyidagi bо‘limchalarni о‘z ichiga oladi. 1. Amaliy astrofizika: astrofotometriya, astrospektrofotometriya, kalorimetriya va hokazo. 2. Nazariy astrofizika: yulduzlar fizikasi, Quyosh fizikasi, planetalar va quyoshsimon jismlar, tumanliklar, kosmologiya bilan bog‘liq muammolar va hokazo. Ma’lum bir kuzatish metodiga asoslangan astrofizika bо‘limlari, mos ravishda, radioastronomiya, atmosferasidan tashqi astronomiya, rentgen astronomiyasi, gamma-astronomiya va neytrino astronomiyasi kabi nomlar bilan yuritiladi. Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling