9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja


Download 226.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana31.01.2024
Hajmi226.23 Kb.
#1829379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3. Ochiq dars ishlanmasi

 
Kо‘zguli-linzali teleskoplar
1. Sferik aberrasiyadan xoli teleskoplarni yasash ustidagi izlanishlar 
kо‘zguli-linzali teleskoplarning yaratilishiga sabab bо‘ldi. Bunday turdagi birinchi 
teleskop 1930 yilda taklif qilingan bо‘lib, u Shmidt sistemasi deb yuritiladi. 
Shmidt sistemasi bosh kо‘zgudan va uning egrilik radiusi markaziga о‘rnatilgan 
shisha plastinkadan tashkil topgan bо‘lib, shisha plastinkaning bir tomoniga 
shunday egrilik berilganki, natijada uning markaziy qismi yig‘uvchi linza, gardishi 
esa sochuvchi linza kabi ishlaydi. Bunday sistema, tasvirni sferik aberrasiya, koma 
va astigmatizmdan xoli bо‘lishini ta’minlashi bilan muhim hisoblanadi. Odatda 
bunday sistemada buzilmagan (vinetirovaniesiz) katta kо‘rish maydoniga erishish 
uchun plastinkaning diametri 
1
D
ni kо‘zguning diametri -
2
D
nikidan kichik 
qilinib, teleskopning о‘lchami 
2
1
D
D
nisbat kо‘rinishida beriladi. Sobiq Ittifoqda 
Shmidt sistemasidagi birinchi teleskop Engelgardt (Estoniya) observatoriyasida 
1938 yilda ishga tushirildi. 
2. D. D. Maksutovning meniskli sistemasi, Sovet olimi D. D. Maksutov 
tomonidan 1941-1944 yillarda kashf etilgan bо‘lib, sferik bosh kо‘zgudan va uning 
fokal tekisligidan oldin о‘rnatilgan optik kuchi taxminan nolga teng bо‘lgan sferik 
linzali meniskdan tashkil topgan. Bunday sistemada aberrasiyaning deyarli hamma 
turi (sferik va xromatik aberrasiya, koma, astigmatizm) yо‘qotilganligi bilan 
boshqa sistemalardan afzal hisoblanadi. Minsk refraktorlarining axromatik 
ob’ektivlariga nisbatan qariyb ming marta kam xromatik aberrasiyaga ega bо‘lib, 
oddiy shisha-krodedan qilinishi qulay. Meniskli sistemadagi teleskoplar 
trubasining kattaligi, hashamatli minora (kupolo) talab qilmasligi, binobarin kam 
xarajatligi bilan ham katta ahamiyat kasb etadi. Meniskli teleskoplarning о‘lchami 
ham Shmidt sistemasiniki kabi 
2
1
D
D
kо‘rinishda yozilib, 
1
D
-meinskning diametrini, 
2
D
-esa bosh kо‘zguning diametrini xarakterlaydi. Birinchi yirik meniskli teleskop 
50/67 sm Olma-ota obsevatoriyasida, keyinroq, undan kattarog‘i 70/100 sm lisi 
Abastuman obsevatoriyasida ishga tushirildi. Kichik о‘lchamdagi meniskli 
teleskop maktablar uchun chiqariladi. 


1-rasm 
2-rasm 

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling