9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja


Download 226.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana31.01.2024
Hajmi226.23 Kb.
#1829379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
3. Ochiq dars ishlanmasi

 
Teleskoplarning о‘rnatilishi 
Ma’lum tanlangan ob’ektga teleskoplarni yо‘naltirish va sutkali harakatdagi 
bu ob’ektni kuzatish va rasmga olish aynan murakkab texnik vazifalardan 
hisoblanadi. Bunday murakkab jarayonni bajarish uchun teleskoplarni maxsus 
kо‘rinma yо‘nalishda montirovka qilinadi. Teleskoplar qurilganda о‘zaro ikki 


perpendikulyar о‘q atrofida erkin aylanadigan qilib о‘rnatiladi. Bu о‘qlarni qanday 
fazoviy yо‘nalishlarda о‘rnatilishiga kо‘ra teleskoplarning qurilishi ikki xil bо‘ladi: 
azimutal va ekvatorial (yoki parallaktik) qurilma. 
Azimutal qurilmada teleskop о‘rnatilgan о‘qlardan biri vertikal yо‘nalishda 
bо‘lib, ikkinchisi gorizontal tekislikda yotadi. Agar teleskop vertikal о‘q atrofida 
aylantirilsa, uning ob’ektivi bosh optik о‘qining davomi osmon sferasida 
almukantaratni “chizadi”; gorizontal о‘q atrofida aylantirilganda esa vertikal 
aylana bо‘ylab siljiydi. Natijada bu ikki о‘q atrofida teleskopni aylantirib 
osmondagi ixtiyoriy yoritgichni nishonga olish mumkin. 
Parallaktik qurilmada о‘zaro perpendikulyar о‘qlardan biri olam о‘qiga 
parallel о‘rnatiladi. Bunda ikkinchi о‘q osmon ekvatori tekisligida yotadi. Agar 
ekvatorial qurilmada teleskop olam о‘qi atrofida aylantirilsa, ob’ektivning bosh 
optik о‘qi sutkalik parallel bо‘yicha, osmon ekvatori tekisligida yotgan о‘q atrofida 
burganda esa og‘ish aylanasi bо‘yicha siljib osmonning ixtiyoriy tomoniga qaray 
oladi. 
Aksariyat xollarda, azimutal qurilma bо‘yicha uncha yirik bо‘lmagan 
teleskoplar о‘rnatilib, yirik astronomik instrumentlar ekvatorial qurilma bо‘yicha 
о‘rnatiladi. Biroq sobiq Ittifoqning eng yirik 6 metrli (bosh kо‘zgusining diametri) 
teleskopi BTA (Bolshoy Teleskop Azimutalnoy ustanovki) azimutal qurilma 
bо‘yicha о‘rnatilgan bо‘lib, uning sababi 850 tonna keladigan bunday ulkan 
qurilma bо‘yicha о‘rnatilganda, aylanish о‘qining egilishiga, bu esa о‘z navbatida, 
kuzatishda katta xatoliklarni vujudga kelishidandir. 
Astronomik kuzatishlar uchun qaysi bir qurilma qulay degan tabiiy savol 
tug‘iladi. Ma’lumki yoritgichlarning sutkalik kо‘rinma harakatlari, tekislikdan 
osmon ekvatoriga parallel joylashgan sutkalik parallellar bо‘yicha kuzatiladi. 
Binobarin bunday harakatidan ixtiyoriy yoritgichning gorizontal koordinatalari (A, 
h) vaqt о‘tishi bilan о‘zgarib boradi, ekvatorial koordinatalaridan esa og‘ish (


о‘zgarmay qolib soat burchagi (t) о‘zgarib boradi. Demak azimutal qurilmali 
teleskop bilan ma’lum yoritgich kuzatilayotgan bо‘lsa, u doim kо‘rish maydonida 
qolishi uchun teleskopni har ikkala-о‘zaro perpendikulyar о‘q atrofida burishga 
tо‘g‘ri keladi; ekvatorial qurilmada esa, teleskopni faqat olam о‘qiga parallel о‘q 
atrofida yoritgichning sutkalik harakati tezligida soat mexanizmi deyiluvchi 
maxsus mexanizm yordamida burib, uni kо‘rish maydonining ma’lum qismida 
qо‘zg‘almas “ushlash” mumkin. Shuning uchun ham ekvatorial qurilma azimutal 
qurilmaga nisbatan afzal hisoblanadi.
Soat mexanizmi - yuk-toshlar yoki sinxron elektrodvigatel yordamida 
ishlovchi mexanizm bо‘lib, uning tekis aylanuvchi о‘qi shkivli yoki tishli uzatma 
orqali teleskopning olam о‘qi bо‘ylab yо‘nalgan о‘qi bilan bog‘langan bо‘ladi. 
Teleskop soat mexanizmi yordamida olam о‘qiga parallel о‘q atrofida aylanib
uning aylanish davri 24 soatga, ya’ni osmonning sutkalik aylanish davriga teng 


qilib tanlanadi. Shunday qilingandagina, kuzatish davomida ma’lum yoritgich 
teleskopning kо‘rish maydonida qо‘zg‘almay turadi va kattagina ekspozisiya vaqti 
talab etuvchi ob’ektlarni (ayniqsa xira ob’ektlar uchun) rasmga tushirishga imkon 
beradi.
5-rasm 
6-rasm 

Download 226.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling