9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Keng tо‘lqinli astronomiyaning shakllanishi
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
Keng tо‘lqinli astronomiyaning shakllanishi Elektromagnit nurlanishning chastotasi juda keng bо‘lib, yorug‘lik nurlanishi, uning kichik bir qisminigina tashkil etadi. Barcha diapozonda elektromagnit nurlanishlarning majmuasi elektromagnit nurlanishning spektrini beradi. Ma’lumki nurlanish, aniq kattalikdagi energiya bilan xarakterlanuvchi kvantlar kо‘rinishida tarqaladi. Kvantlarning energiyasi nurlanishning chastotasi bilan bog‘liq bо‘lib, ularning energetik birligi sifatida elektron volt olinadi. Bu, potensiallar farqi 1 volt bо‘lgan elektr maydonida tezlatilgan erkin elektronning olgan energiyasiga teng bо‘lib, 1,6 . 10 -19 J ni tashkil etadi. Kо‘zga kо‘rinadigan yorug‘lik nurlari, elektromagnit nurlanishlar spektrida 3900 A o dan 7600 A o gacha bо‘lgan sohanigina о‘z ichiga olib, kvantlarining energiyasi 1eV dan kichik bо‘ladi. Astrofizikada qо‘llaniladigan elektromagnit tо‘lqin uzunliklarining shkalasi esa, energiyasi 10 -6 eV (metrli radiotо‘lqinlar) dan to bir necha Mev (millionlab elektron volt) gacha ya’ni tо‘lqin uzunligi 0,1 A o dan kichik nurlanishlargacha davom etadi. Hamma chastotadagi elektromagnit tо‘lqinlar, vakuumda bir xil – yorug‘lik tezligiga teng tezlik bilan tarqaladilar. Ixtiyoriy chastotadagi kvantning energiyasi uning chastotasiga proporsional bо‘lib: hc h ifodadan topiladi, bu yerda proporsionallik koeffitsiyenti с Ж h 34 10 625 , 6 – Plank doimiysi deyiladi. Energiyasi 1 eV ga tо‘g‘ri keladigan kvant, spektrning infraqizil diapozonida yotib, tо‘lqin uzunligi 0 =12400 A o (yoki chastotasi 0 =2,42 . 10 14 Gs) ga tо‘g‘ri keladi. 3900 A o dan 100 A o bо‘lgan soha ultrabinafsha nurlanishlarga tegishli bо‘lib, shundan 3900 A o dan 3100 A o gacha qismi, shartli ravishda, yaqin ultrabinafsha, 3100 A o dan qisqa tо‘lqin uzunligidagi qismi– uzoq ultrabinafsha soha deyiladi. 100 A o dan 0,1 A o gacha oralikdagi diapozon rentgen nurlarga, 0,1 A o dan qisqa diapozon esa gamma nurlarga tegishli sohalar hisoblanadi. 7600 A o dan 150000 A o gacha bо‘lgan diapozon yaqin infraqizil, 150000A o dan 1 mm gacha esa, uzoq infraqizil soha deyiladi. 1mm dan о‘nlab metrgacha bо‘lgan elektromagnit nurlanishlar spektrning diapozoni radionurlarga tegishli uchastka hisoblanadi. 1- rasm.Yer atmosferasida turli tо‘lqin uzunligidagi nurlarning yutilishi. Yer atmosferasi, elektromagnit spektrning barcha diapozonida astronomik kuzatishlarni olib borishga imkon bermaydi. U optik nurlanishlarni yaxshi о‘tkazgani holda, yaqin ultrabinafsha sohadan tashqari qisqa tо‘lqinli nurlanishlar (uzoq ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlarni) uchun ham tiniq emas. Xususan infraqizil diapozon (10000 A o dan ortiq tо‘lqin uzunligidagi nurlanishlar), asosan suv bug‘lari va is gazi molekulalari tomonidan kuchli yutiladi (1–rasm). Yer atmosferasi, radiodiapozonning 1 sm dan 20 sm gacha, 1 sm dan qisqa diapozonda – 1 mm, 4,5 mm va 8 mm li qismlari uchun tiniq bо‘lib, bu diapozonlarga tegishli boshqa radionurlarni deyarli о‘tkazmaydi. Tо‘lqin uzunligi bir necha о‘n metrdan ortiq diapozondagi radionurlar esa, Yer atmosferasining tashqi qatlamlari tomonidan keskin sochilishi va qaytarilishi hisobiga Yer sirtigacha yetib kela olmaydi. Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling