9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
Reflektorning asosiy turlari Reflektorlar, kuzatish maqsadlariga kо‘ra, bir necha turdagi sistemalarda ishlatilishi mumkin. Bevosita ob’ektivining fokusida kuzatish mо‘ljallangan teleskop tо‘g‘ri fokusli reflektor deyiladi. Astrofizik tadqiqotlarda yoritgichdan kelayotgan nurdan maksimal foydalanish juda muhim. Biroq refraktorlar linzasining shisha materiali, nurni kuchli yutib, (ayniqsa ultrabinafsha sohasida) kо‘zguga, fotografik emulsiyaga yohud fotoelektrik qayd qilgichga tushayotgan nurni keskin chegaralaydi. Shuningdek, fotomateriallarning va fotoelektrik qayd qilgich asboblarning sezgirlik chegarasi, kо‘znikiga nisbatan keng bо‘lganidan ularda xromatik aberrasiyaning ta’siri ham katta bо‘ladi. Shuning uchun ham astrofizik maqsaddagi kuzatishlarda refraktorlar о‘rniga reflektor keng qо‘llanadi. Astrometriyada hozirga qadar ham refraktorlar qulay instrument hisoblanadi. Buning sababi, reflektorlarning kichik miqdorda bо‘lsada beixtiyor burilishlarga juda sezgirligidadir. Agar reflektor kо‘zgusiga tushayotgan nur ma’lum burchakka og‘sa, undan qaytayotgan nurning yо‘nalishi 2 burchakka og‘adi va bu, fotoplastinkada ob’ekt tasvirining sezilarli siljishiga olib keladi. Refraktorda nurning bunday kattalikdagi burchakka ( ) beixtiyor burilishi, tasvirni nisbatan juda kichik miqdorgagina siljishiga sabab bо‘ladi. Bu esa, asosiy maqsadi yoritgichlarning о‘rnini aniq о‘lchashdan iborat bо‘lgan astrometriya uchun juda muhimdir. Shuning uchun ham refraktorlar astrometriyaning asosiy instrumenti hisoblanadi. Kо‘zguli teleskoplarda tasvir, uning optik о‘qi yaqinidan qaytgan nurlarda juda tiniq chiqib, bosh optik о‘qdan uzoqda qaytgan nurlarda u buzila boshlaydi (о‘qdan tashqari aberrasiya tufayli). Shuning uchun ham reflektorlar yordamida osmonning taxminan 0 5 0 5 dan katta maydonini rasmga olish maqsadga muvofiq bо‘lmaydi. Buning uchun maxsus kо‘zguli-linzali teleskoplardan foydalanishga tо‘g‘ri keladi. Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling