9- ma’ruza mashg‘uloti 9-mavzu. Astrofizik metodlar. Astrofotometriya haqida tushuncha Reja
Download 226.23 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Ochiq dars ishlanmasi
Astrofizik instirumentlar
Teleskoplar-astrofizik tadqiqotlar qilishda astronomlarning asosiy quroli bо‘lib xizmat qiladi. Birinchi teleskop 1609 yili italyan olimi Galiley tomonidan ishga tushirilib, olim о‘z instrumenti yordamida birdaniga bir nechta kashfiyot qildi. Xususan u Oyning relefi Yernikiga о‘xshashligini, Yupiter atrofidagi 4 yо‘ldoshini, Quyoshning dog‘ini va Somon yо‘lini yulduzlar tashkil qilganligini aniqladi. Bu kashfiyotlar, teleskopning osmon jismlarining tabiatini о‘rganishda, juda katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ma’lum qilib, astronomiyada yangi eraning ochilishidan darak berdi. Teleskopning ixtiro qilinishi, astrofizikada muhim voqea bо‘lib, u Olam tuzilishi haqida ilmiy dunyoqarashning shakllanishida katta rol о‘ynadi. Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: 1) Yoritgichdan kelayotgan nurlanishni qayd qilish (kо‘z, fotografik plastinka, fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hokazolar yordamida); 2) ob’ektiivning fokal tekisligida, kuzatilayotgan yoritgichning yoki osmon qismining tasvirini yasash; 3) qurollanmagan kо‘z bilan qaralganda ajratib kо‘rib bо‘lmaydigan, о‘zaro juda kichik yoy masofada joylashgan ob’ektlarni ajratib kо‘rsatish. Teleskopning asosiy qismi ob’ektiv-qavariq linzadan yoki botiq sferik kо‘zgudan yasalgan bо‘lib, u о‘z tekisligiga yoritgichdan tik yо‘nalishda kelayotgan nurlarni yig‘ib, fokal tekisligida, uning tasvirini yasaydi. Agar nurni qayd qilish kо‘z yordamida bajariladigan bо‘lsa, u holda ob’ektiv tomonidan yasalgan tasvirga qarash uchun okulyar zarur bо‘ladi. Optik va radioteleskoplar. Ularning xarakteristikalari Teleskoplar, ob’ektivining turiga kо‘ra, ikkiga refraktor va reflektorga bо‘linadi. Refraktorda ob’ektiv sifatida qabariq linza, reflektorda esa botiq sferik kо‘zgu ishlatiladi. 1 -rasmda oddiy refraktorda nurning yо‘li tasvirlangan. Bunda teleskop ob’ektivi, yoritgichdan kelayotgan nurni uning fokusi F da yig‘adi va shu nuqtadan bosh optik о‘qqa tik о‘tuvchi tekislikda (fokal tekisligida) yoritgichning tasvirini yasaydi. Yasalgan tasvirga kattalashtiruvchi linza (okulyar) yordamida qarab, quzatilayotgan osmon jismining (planeta, Oy yoki Quyosh) burchak о‘lchamining kattalashganini kо‘ramiz. Binobarin teleskop bizga, qaralayotgan osmon jismini ham ravshanlashtirib, ham kattalashtirib berayotganiga guvoh bо‘lamiz. Yasalgan tasvirning ravshanlashishi, teleskop ob’ektivining diametriga va fokus masofasiga F D bog‘liq bо‘lgani holda, uning kattalashtirishi ob’ektiv va okulyarning fokus masofalariga bog‘liq bо‘ladi. Tasvir fotoplastinkada yohud fotoelektrik yо‘l bilan qayd qilinadigan bо‘lsa, okulyar kerak bо‘lmay, fotoplastinka yoki elektrofotometrning kiritish diafragmasi bevosita teleskopning fokal tekisligida joylashadi. Birinchi refraktor rusumli teleskop italiyalik mashhur olim G.Galiley tomonidan 1610 yilda ishga tushirildi. Refraktorning ob’ektividan nur sinib о‘tganligi tufayli, uning fokal tekisligida nuqtali ob’ektning tasviri nuqta о‘rniga, rangli konsentrik halqalar kо‘rinishida bо‘ladi. Bu hodisa xromatik aberratsiya deyilib, turli tо‘lqin uzunlikdagi nurlar uchun, linza, turlicha nur sindirish koeffisientiga ega ekanligidan sodir bо‘ladi. Bunday teleskoplarda xromatik aberrasiya, turli nur sindirish kо‘rsatgichiga ega bо‘lgan ikki xil shishadan tayyorlangan linza-ob’ektiv (axromat) yordamida ma’lum darajada kamaytiriladi. Ma’lum nurning qaytish qonunlari uning tо‘lqin uzunligiga bog‘liq bо‘lmaydi. Shuning uchun ham xromatik aberrasiyani kamaytirish maqsadida linzali ob’ektiv qaytaruvchi sferik kо‘zgu bilan almashtirildi. Sferik kо‘zguli birinchi teleskop reflektor taniqli ingliz fizigi I.Nyuton tomonidan ishga tushirildi. Sferik kо‘zgudan qaytayotgan nurning nuqtaviy tasvir hosil qilmay bunday buzilishi, sferik aberratsiya deb yuritiladi. Agar kо‘zguga aylanma paraboloid sirt berilsa edi, u holda sferik aberratsiya yо‘qolib, tasvir nuqtaviy kо‘rinish olar edi. Shuning uchun ayni zamonning teleskoplarining ob’ektivlari paraboloidal formada yasaladi. Download 226.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling