Har bir millat va xalqning kamolotida ona tilining o`rni benihoya kattadir


Download 383.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/23
Sana02.06.2024
Hajmi383.4 Kb.
#1837313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
topvoldiyeva mohigul

selektiv kabi turlari mavjudligi qayd kilingan.
26
Bundan tashqari bu termin 
biologiyada ham qo`llanadi. Gomosologik xromosomalar bir uchastkasidagi 
krossingoverning boshqa qo`shni uchastkalarga yangi krossin- gover paydo 
bo`lishiga ta`siri. Ko`pincha yangi krossingover hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi va 
shu hodisaga biologiyada interferensiya hodisasi deyiladi. Interferensiyani biz yana 
tibbiyot sohasida ham kuzatishimiz mumkin. Tibbiyotda intrferensiya- aralash (bir 
necha xil virus tufayli kelib chiqqan) infeksiyada bir virusning boshqa virus ta’sirini 
bosib ketishidir. 
Interferensiya terminini tilshunoslikda birinchi bo’lib Praga tilshunoslari 
qo`llagan bo’lishlariga qaramay, mazkur termin U.Vaynrayxning «Til 
aloqalari» nomli kitobi nashrdan chiqqanidan so`ng keng qo`llanila boshlandi
27
.
Interferensiya - bu ikki tilni mukammal bilmaydigan bilingv nutqida 
normadan chekinishdir va bunda bir tilining ikkinchi tiliga ko`rsatgan har 
qanday ta’siri, bu ta’sirning natijasi. Bunday psixologik jarayonda aloqaga 
kirishgan 
tillar 
qoialari 
o`rtasidagi 
mutanosiblik, 
adekvatlik 
buziladi. 
Interferensiya 
jarayonining 
mohiyati 
shundan 
iboratki, 
o`zga 
tilni 
o`rganayotgan shaxs ixtiyorsiz ravishda ona tilida mustahkamlangan nutqiy 
muomala qoidalari sistemasi normasini o`rganilayotgan tilga ko`chiradi.
1.2. Lingvistik interferensiya 
Lingvistik interferensiya, bilingvizm, til kontaktlari tilshunoslikning 
asosiy psixologik, sosiolingvistik masalalaridan 
biridir. Sotsiolingvistik 
tushunchalarni diaxron va sinxron nuqtai nazardan statik va dinamik hodisalarga 
bo`lish mumkin nazarimizda. Ma’lum bir linsoniy hamjamiyat tili, kodlashtirish 
26
Игнатьев Е.И. ва бошқалар. Психология. - Т.: Ўқитувчи, 1970. – С. 289. 
27
Вайнрайх У. Языковые контакты. - Киев, Вища школа, 1979. –С.17


ayrim muloqot vositalari kodlar kabi tushunchalar turg`unlik-statik holat kuzatilsa, 
diglossiya koyne, interferensiya singari hodisalar doimiy o`zgarishda ya’ni 
dinamik vaziyatdadir. 
Istalgan tilni o`zlashtirish til normasining obyektiv reallikni ifodalovchi 
yangi vositalarini o`zlashtirish demakdir. Fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan 
lisoniy vositalar odat tusiga kirgan ona tili vositalariga ozmi-ko`pmi o`xshagan 
yoki mutlaqo o`xshamagan bo`lishi mumkin. U yoki bu ma’noni o`rganayotgan 
tilda ifodalash malakasining tanlanishi ona tili normalarini hisobga olishni taqazo 
etadi. Oldindan bunday chora ko`rilmasa, ona tili sistemasi tazyiq i sababli 

Download 383.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling