Har bir millat va xalqning kamolotida ona tilining o`rni benihoya kattadir
Download 383.4 Kb. Pdf ko'rish
|
topvoldiyeva mohigul
Mavzuning dolzarbligi.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek: “ Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurgon oyinai hayoti til va adbiyotidur. Milliy tilni yo`qotmak- millat ruhini yo`qotmakdur.” Haqiqatdan ham ona tili milliy ma’daniyatning oynasi uni saqlovchi xazina hamdir. Zero, millat hayotini til bilan bog`liq an’analar, ma’naviyat va madaniyatni saqlash va qayta tiklash va masalasi tilga alohida e’tibor qaratilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Til nafaqat odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, balki millatning kelajagini uning dunyodagi o`rnini aniq- ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o`rtasida o`ziga xos muloqot vostasi bo`lishga qodir qadriyatdir. Bugungi kunga kelib o`zbek tili ancha yuksalgan bo`lsa-da, haligacha uning tadqiqi borasida muammolar talaygina. O`zbek tilining qarindosh va noqarindosh tillar bilan mavjud kontaktlari, bilingvizm va u bilan bog`liq hodisalarni tadqiq qilish o`zbek tilshunoslari oldida turgan eng muhim dolzarb muammolaridan biridir. O`zbek tilshonosligida til aloqalari, ularning bir-biriga ta’siriga bag`ishlangan maxsus nazriy ishlar yaratilmagan. Bu esa til sohasida bilingvizm va interferensiya tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan ishlarni olib borishga turtki bo`lmoqda. Xalqlar o`rtasida til kontaktlarining kuchayishi jahon tilshunosligida bu masalani yanada chuqur va atroflicha tadqiq etish zarurligini ko`rsatmoqda. “ Tillarning to`qnashuvi tarixiy zarurat bo`lib, ular o`zaro bir biriga ta’sir etmay qolmaydi.” 3 deb alohida ta’kidlaydi fransuz tilshunosi J.Vandries. 2 I.A Karimov Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. Toshkent,2008.24b 3 Вандриес.Ж. Язык.- Москва: Соцэкгиз, 1968.-С.257 Bu gapning tasdiqini biz interferensiya hodisasi misolida ko`rishimiz mumkin. O`zbek lisoniy hamjamiyatida interferensiyaning voqealanishi salbiy hodisa sifatida baholanishi va uni to`laligicha o`rganilmaganligi ishning dolzarbligidan dalolat beradi. Download 383.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling