Har bir sohaning raqamli iqtisodiyoti davrida yangi infratuzilma zarur sanoatning raqamli shakli
Download 113.49 Kb.
|
2.1.Raqamli iqtisodiyotning platformasi va ekotizimi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.2-jadval
Amaliy raqamli platformasi
Ushbu turdagi platforma doirasida qiymatlar almashuvi iqtisodiyotning ushbu sektorida ma’lum ishlab chiqarish resurslari yoki tovarlar / xizmatlarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida amalga oshiriladi. Amaliy platformasining ahamiyati algoritmlash va oshkoraligini oshirish hisobiga almashish imkoniyatini ta’minlash va uni amalga oshirish tartibini osonlashtirishdan iborat. Ilova platformalaridan foydalanishiqtisodiyotdagi tranzakt-sion xarajatlarni kamaytiradi, chunki iste’molchilargaishlab chiqarish manbalari yoki tovarlar/xizmatlar haqida ma’lumot olishim-koniyatini beradi, shuningdek, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi . Bundan tashqari, amaliy platforma – bu «bog‘lovchi bo‘g‘in» bo‘lib, ularsiz iste’molchilar va yetkazib beruvchilarbir-birlarini topolmaydilar (yoki nisbatan yuqori vaqt va moliyaviy xarajatlarni hisobga olgan holda), shuningdek, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni soddalashtirish mexanizmi . Platformali biznes modelining tamoyillari ko‘plab o‘sib borayotgan kompaniyalarning asosidir. Raqamli platformalarning eng yorqin namunalari: Googlening internet - reklama platformasi (bir nechta reklama beruvchilarning Google qidiruv xizmatining ko‘plab foydalanuvchilari biulan aloqada bo‘lishi), Uber taksi xizmati platformasi (ko‘plab yo‘lovchilarga ko‘plab tashuvchilarni bilan aloqada bo‘lish), Apple kompaniyaning iOS operatsion tizimi uchun "ilova do‘koni" (yetkazib beruvchilarning Apple mobil qurilmalari foydalanuvchilari bilan aloqada bo‘lishi). Platformali biznes modelini shakllanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotning turli sohalariga axborot-kommunikatsiya texno-logiyalarini (AKT) faol kirib borishi bilan bog‘liq. Aynan AKT tufayli ko‘p sonli iste’molchilar uchun turli xil ishlab chiqarish manbalari yoki tovarlar / xizmatlarning "ko‘rini-shini" ta’minlash, shuningdek, real vaqt rejimida yetkazib beruv-chilar va iste’molchilar o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun texnik imkoniyat paydo bo‘ldi . Amaliy raqamliplatformasi bilan bog‘liq munosabatlarn-ing asosiy ishtirokchilari – bu ma’lum bir tarmoq bozor-ida yetkazib beruvchilari va iste’molchilari, shuningdek, platformaoperatori hisoblanadi. Amaliy raqamli platforma asosida amalga oshiriladigan aso-siy faoliyat deganda yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida qiymatlarni almashuvi tushuniladi. Faoliyatning asosiy foyda oluvchisi – mahsulotning/ xiz-matning yoki iqtisodiyotning ma’lum bir sektorida Ishlab chiqa-rish manbasiga kirish, undan past narxlardagi va raqobatbar-dosh narxda xarid qilinadigan iste’molchi. Raqamli platformalar tasnifi [16] ga binoan raqamli platformalarni funksional jihatdan (1.2.4-rasm ) va ko‘lami bo‘yicha (1.2.5-rasm ) ikkiga bo‘lish mum -kin: Funksiyalari Agregat platforma (Alibaba) Innovatsion platformалар (Android, iOS, Micrisoft Windows) Operatsion platforma (Uber, Gett, Yandex Ta’lim olishga mo‘ljallangan platformalar (You Tube, Coursera) Mobillashtirilgan platforma (CRM -tizimi) Ijtimoiy platformalar (Facebook, Instagram) Integrallashgan platformalar (Apple: AppStore, iCloud) Investitsion platforma (Kickstarter) Milliy platform (Qiwi, U - Report) Mintaqaviy platforma (YandexTaxi, Одноклассники) Global platform (PayPall, Facebook, Instagram) Qamrab olish ko‘lami bo‘yicha 1.2.4-rasm. Raqamli platformalarni funktsiyalari bo‘yicha tasniflash 1.2.5-rasm. Raqamli platformalarning qamrab olish ko‘lami bo‘yicha tasniflanishi Har bir mukammal platforma uchun besh hil foydalanuvchilarni ajratish mumkin: platforma operatori – platformaning ishlashini ta’minlaydi, ishlab chiqish jarayonini boshqaradi; yetkazib beruvchilar – platform orqali reklama qilingan va / yoki sotiladigan tovarlar va xizmatlarni taqdim etadi; iste’molchilar - tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar; servis provayderlar – yetkazib beruvchilar va / yoki iste’molchilar uchun muhim bo‘lgan funksional modullarni yara-tadi; regulyator – huquqiy normalarga rioya qilinishini nazorat qiluvchi organ. Mavjud raqamli platformalar 4 yo‘nalishda ishlab chiqilgan: 1. Amaliy dasturiy va apparat yechimlarini ishlab chiqish va amalga yetkazib berish uchun raqamli muhitni tashkil tadi-gan platformalar (AndroidOS, iOS, Intelx 86) ; 2. Kommunikatsion infratuzilmani va foydalanuvchilar uchun kontentni etkazib beradigan platformalar (Telegram, ERAGLONASS, GPS, va hokazo) ; 3. Innovatsion biznes – modellarni amalga oshirish imkonini beradigan ozorda raqamli infratuzilmasini shakllantiradigan plat-formalar ( Alibaba, eBuy, Amazon) 4. Bozorning raqamli infratuzilmasini shakllantiradigan va katta ma’lumotlarni qayta ishlash natijalari asosida foyda-lanuvchilarni boshqaradigan platformalar ( Uber, Yandex Taxi) .Raqamli platformalarning foyda topish modellari 1.2.2-jadvalda raqamli platformani ishlatganligi uchun foyda olish modellari keltirilgan (pullik xizmatlar, reklama, havolalalrni joylashtirish hisobiga loyihalardan foyda olish). 1.2.2-jadval
Xulosa qilib, mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar raqamli platformalardan foydalanishning kuchli va ojiz tomonlarini taqdim etishimiz mumkin(SWOT tahlili):
Raqamli platformalar – bozorlar tarkibini o‘zgartiradi-gan va yangi bozorlarni yaratadigan olamshumul innovatsiya. Biznesga kirib kelganda bozordagi uyinchilar modellari, raqamli platformalar egalari o‘z ta’sirini ko‘chaytiradi va ta’minot zanjirini nazorat qiladi, narxlash ustidan nazoratning qo‘shimcha usullarini egallaydi va axborotning sun’iy nomutanosibligini yaratish orqali talab va taklifga ta’sir eta oladi. An’anaviy biznes hozirgi kunda raqamli platformadan foydalanishdan shubhasiz afzalliklarga ega bo‘layapti va shunda strategik jihatdan tavakkalchilikka yo‘l qo‘yapti va solish kanallarini nazorat qila olmay, raqamli platforma egalariga qaram bo‘lib qolmoq’da. Download 113.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling