Har bir sohaning raqamli iqtisodiyoti davrida yangi infratuzilma zarur sanoatning raqamli shakli


Yandex pochta xizmati, yangiliklar agregatori(yig‘uvchisi) va Yandex marketing birinchi versiyalarini ishga tushirdi. Rambler


Download 113.49 Kb.
bet7/7
Sana24.12.2022
Hajmi113.49 Kb.
#1054856
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2.1.Raqamli iqtisodiyotning platformasi va ekotizimi.

Yandex pochta xizmati, yangiliklar agregatori(yig‘uvchisi) va Yandex marketing birinchi versiyalarini ishga tushirdi.
Rambler o‘z navbatida, pochta, lug‘atlar va ish qidirish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
Google esa 2004 yilg kelibgina Gmailni ishga tushirdi, lekin undagi imkoniyatlar raqobatchilardan ko‘ra yaxshiroqligi tezda ularga yetib olish imkonini berdi.
Har bir yangi xizmat raqamli korporatsiya uchun o‘z foydalanuvchilari haqida
ko‘proq ma‘lumot yig‘ishni boshladi. Va vaqt o‘tishi bilan bu ma’lumotlar pul
keltira(daromad) boshladi.
Raqamli ekotizim qanday rivojlanishi
Yangi yaratilgan raqamli ekotizim, boshqa har qanday yangi biznes kabi, boshlang‘ich bosqichda ko‘p sarmoyani talab qiladi. Bunda qilingan sarf xarajatlarni
qaytishi qiyin masala, agarda tizim ishlab ketaolmasa.
Ekotizim yaratishga kirisha boshlagach, Microsoft korporatsiyasi allaqachon
operatsion tizimlar va boshqa dasturiy ta’minotning eng yirik yetkazib beruvchisi bo‘lgan, ya’ni rivojlanish uchun etarli mablag‘ga ega edi. СБЕР ekotizimi ham xuddi shunday o‘zini-o‘zi ta'minlashga muhtoj emas edi.
Agar biz Yahoo, Google, Mail.ru, Rambler, Yandex kabi gigantlarga aylangan
internet kompaniyalar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular deyarli darhol xarajatlarini
qoplash kerak edi. Aks holda, ular 90-yillar oxiri 2000-yillar boshidagi boshqa minglab
internet kompaniyalar singari unutilib ketishgan bo‘lardi.
Qanday qilib yigirma yil oldin Internet xizmatilari orqali pul topish mumkin edi?
Faqat ikkita usul bor: reklama va ma’lumotlarni monetizatsiya qilish. Ammo bundan yigirma yil oldin nechat kompaniya Internet saytlaridagi foydalanuvchi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun pul to‘֥lashga tayyor edi? Yo‘q albatta. O‘sha paytda Internetning imkoniyatlari to‘liq o‘ragnilmagan unga jiddiy biznes sifatida qarashmagan. Shu bois, Internet kompaniyalarda faqat bitta yo‘l bor edi - reklama.
Bir tomondan, ommabop Internet resurslar ommaviy axborot vositalariga muqobil sifatida ishlatilgan. Boshqa tomondan, ularning barchasi bir vaqtning o‘zida barchaga ketma-ket ko‘rsatiladigan Flash bannerlardan foydalangan. Keyinchalik hamma astasekin to‘plangan ma’lumotlardan foydalana boshladi. Eng oddiy misol - kontekstli reklama. Foydalanuvchi biror narsani qidiradi, qidiruv xizmati eslab qoladi, tahlil qiladi va keyin ma’lum mahsulotlarni taklif qiladi. Bannerlar yo‘qolmadi, ular yanada mustahkam reklama quroliga aylandi. Reklama biznesni, aniqrog‘i ekotizimni rivojlantirish uchun kerak bo‘lgan daromad keltira boshladi. Aynan o‘sha paytda bir yoki bir nechta Internet xizmatlar ko‘rsatadigan kompaniyalar o‘sishni va kengayishni boshladilar.
Internet xizmatlariga misol:
• Foydalanuvchilar Internetda ish izlayaptimi? O‘z xizmatini ishga tushirish uchun sabab bor, u bo‘sh ish o‘rinlarini jamlaydi va ma’lum bo‘sh ish o‘rinlarini reklama
qiladi.
• Foydalanuvchilar qidiruv tizimi orqali sayyohlik agentliklarini tobora ko‘proq tanlayaptimi? Sayyohlik agentliklari takliflarini bir joyda to‘plash va u erga maxsus sayohatlarni reklama qilish vaqti keldi. Bo‘sh ish o‘rinlari va dengizga sayohatlar haqida ma’lumot qidirayotgan har bir yangi foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qidiruv tizimidan yangi xizmat ko‘ְrsatiladigan alohida sahifaga yo‘naltiriladi.
Ko‘p yillar davomida ekotizimlarning rivojlanishi asosan uchta yo‘nalishda davometdi:
• reklama xizmatlari;
• monetizatsiya qilinadigan(pullik-daromad keltiradigan);
• monetizatsiya qilinmaydigan xizmatlar(bepul-vaqtinchalik).
Reklama har yili yoki hatto oyda yaxshiroq va aqlli bo‘lishi kerak edi. Borgan sari ko‘proq onlayn xizmatlar monetizatsiya qilinmoqda va ularning barchasi, aniq reklama orqali amalga oshirilgan. Ma’lum miqdordagi foydalanuvchilar soniga ega bo‘lgan holda, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilar uchun pullik funktsiyalarni yoki obunalarni bosqichma-bosqich joriy etish mumkin edi. Ular bu kanal har doim bepul bo‘ladi deb o‘ylagan bo‘lishlari mumkin lekin yangi qoidalarga rozi bo‘lishdan boshqa iloji yo‘q.
Monetizatsiyalanmagan xizmatlar aynan shu ekotizimni rivojlantirish uchun kerak. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, hozirda raqamli biznes ekotizimlari raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismi sifatida faoliyat yuritmoqda. Raqamli biznes ekotizimlari hayotmizning har bir sohasida faol foydalanilayapti hamda insoniyat turmush tarzini yengillatayotgani hech kimga sir emas. Hozirgi kunda elektron qurilmalardan va internet tarmog‘idan foydalana oladigan har bir shaxs ish faoliyati yoki shaxsiy hayotida qaysidir ekotizimdan foydalanishi unga qator yengilliklar yaratib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. https://creativeconomy.ru/lib/110151
2. G‘.M. Porsaev, B.Sh. Safarov, D.Q. Usmanova. Raqamli iqtisodiyot asoslari.
(Darslik) –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b.
3. https://rb.ru/opinion/what-is-digital-ecosystem/
4. .Tojimatovich, A. A., & Saydaliyevich, U. S. (2021). Formation Of Science as A
Value and Classification of Values. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 3,
172-178
1. Sanoatning raqamli shakllari nima?
2. Raqamli iqtisodiyot platformasi nima?
3. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli o‘si-shiga nima sabab bo‘ldi?
4. Raqamli iqtisodiyot ekotizimi nima?
5. Raqamli platformalar uchun qanday mezonlar mavjud
6. Raqamli platformalarning o‘ziga xos belgilari nimada ?
7. Raqamli platformalarning asosiy turlari qanday?
8. Raqamli platformalarning tasnifini bering.
9. Raqamli platformalardan foydalanuvchilar (ishtirokchilar)
kimlar?
10. Raqamli platformalarni monetizatsiya qilish modellari
qanday.
11. Raqamli platformalarni SWOT-tahlilini bering .
Download 113.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling