Har bir talaba quyidagi savollarga wordda javob yozib, mavzuni to’liq yoritib berishingiz kerak


Download 18.52 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi18.52 Kb.
#1139167
Bog'liq
13 mustaqil talim


Har bir talaba quyidagi savollarga wordda javob yozib, mavzuni to’liq yoritib berishingiz kerak.


Mustaqil ta’lim:

  1. O`zbek tili so`z yasalishi haqida ma’lumot bering.

  2. Tavsifnoma va uning zaruriy qismlari, namuna keltiring.

  3. Soʻz yasalishi — 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning „Fonetika“, „Leksikologiya“ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda „Soʻz yasalishi“ birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Masalan, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.

  4. Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor.

  1. Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:

1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
a) ismi, otasining ismi va familiyasi;
b) tug'ilgan yili;
d) millati;
e) ma’lumoti;
f) lavozimi;
j) ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud bo‘tsa);
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma)
3. Matn.
4. Imzolar
5. Sana
6. Muhr

Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy qismga ajratibko'rsatish mumkin.



  1. Birinchi qismda mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya'ni uning mutaxassisligi, ayni shu korxona yoki tashkilotda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.

  2. Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, bilimlarini oshirish, jamoat ishlaridagi ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto, ba’zida siyrati, ishdagi hamkasblariga munosabati, xodimning qanday hukumat mukofotlariga sazovar boMganligi va boshqa asosiy rag‘batlantrishlar berilgan ma’muriy jazolar qayd etiladi.

  3. Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko'rsatiladi.

  4. Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tililan bayon qilinadi. Tavsifnomaga qoidaga ko‘ra muassasa boshlig'i, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.

  5. Tavsifnoma xodimning qo‘liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo'natiladi.

  6. Tavsisfnomalarning ishlab chiqarish tavsifnomasi, tavsifiy tavsifnoma,

  7. xizmat tavsifnomasi kabi turlan mavjud bo‘lib, ular ayrim xususiyatlari

  8. jihatidan o‘zaro farqlanadi.


Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling