Har kuni foydalanadigan ichimlik suvining sifati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?


Download 488.45 Kb.
bet2/7
Sana25.02.2023
Hajmi488.45 Kb.
#1229000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
muqobil energiya mustaqil ish

Atmosfera havosi namliklarning ulkan rezervuari ekanligini hisobga olsak, atmosfera suv generatorini o‘rnatish atmosfera suvini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng samarali qurilma deb hisoblasak bo‘ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu moslama distillangan suvdan xam tozaroq suv olish imkonini beradi.

Qurilma atmosfera havosi namligiga va haroratga qarab kuniga taxminan 12 litrdan 30 litrgacha ichimlik suvi yetkazib berish imkonini beradi, qulayligi shundaki ko‘p quvvat (1 kVt) talab qilmasligi, ixcham, ekologik toza, foydalanishda texnik jihatdan inson hayotiga xavfi yuq.

Odam chanqagan paytda o‘zini lohas sezadi, tomog‘i qurib, ko‘ngliga shodlik sig‘maydi. Tashnalik sabab ko‘zimiz atrofimizdagi tabiat go‘zalliklarini ko‘rmaydi. Miriqib suv ichgan mahalda bor tashvishlarni bir zumda unutamiz, ko‘nglimizda bebaho ne’matdan shukronalik hissini tuyamiz...

Biz har kuni foydalanadigan ichimlik suvining sifati haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Ichimlik suvi butun dunyo standartlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsuloti sifatida tasniflanadi va u bizning uyimizga kirishdan oldin, inson salomatligi uchun xafsizlikka rioya qilish uchun suv ta’minoti manbasidan laboratoriya sinovlariga qadar murakkab yo‘lni bosib o‘tadi.

Ichimlik suvi ta’minoti manbasini tanlashda, birinchi navbatda, tabiiy suvning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq foydalanishga topshirilguniga qadar ikki yil davomida mavsumlar bo‘yicha o‘tkazilgan laboratoriya tahlili asosida baholanadi.

Suvning sifati ko‘rsatkichlari davlat standarti O‘zDSt 951:2011“Markazlashtirilgan xo‘jalik-ichimlik suvi bilan ta’minlash manbalari, gigiyenik, texnikaviy talablar va tanlash qoidalari” talablariga javob berish shart. Tanlagan manbalardagi suvning sifati O‘zbekiston Respublikasi davlat standartining ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyaga to‘g‘ri keladigan bo‘lishi kerak.

Ushbu tadqiqotlar har kuni aholi salomatligi uchun suvning xavsizligini tasdiqlash va turli yuqumli kasalliklarning mavjud emasligini kafolatlash uchun laboratoriyalarda o‘tkaziladi. Shu bilan birga, laboratoriyalarda suv tarkibini o‘lchashning standart usullari va ushbu sohadagisanitariya qoidalariga amal qilinadi.


Download 488.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling