Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Download 44.47 Kb.
|
Omograf
Antonimlar
Leksemalarning ma’no-munosabatiga ko’ra bu turi ham tilning lug’at tarkibini boyitishda va nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda g’oyat ahamiyatli birlik sanaladi. Antonimlar, ya’ni ma’nosi o’zaro qarama-qarshi bo’lgan so’zlar negizida borliqdagi qarama-qarshi voqea-hodisaning in’ikosi bo‘lgan ziddosh – qarama-qarshi tushuncha turadi. Ma'no jidatidan bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan so’zlar antonimlar deb yuritiladi. Antonimlar, bir tomondan, so’zlarning asl ma'nosini ochib bersa, ikkinchidan, ularning ko’p ma'noda ishlatilishini aniqlashga ko’maklashadi. Zid ma'noli leksemalar nutqda predmet, hodsisa va ularning belgilarini solishtirib ko’rishda, bir-biriga qarama-qarshi qilib ko’rsatishda hamda fikrlarimizni, his-tuygularimizni ta'sirli, aniq-ravshan ifodalashda yordam beradi8. Antonimlar olmosh va son turkumlarida uchramaydi, sifatlarda esa faol, ot va fel turkumida nisbatan kamroq uchraydi. Lekin ilmiy manbalarda antonimlik uchramaydigan turkumlarda ham kontekstual antonimiya uchrashi qayd etilgan. “Tarixi Farg’ona” asarida qo’llangan zid ma’noli so’zlarning aksariyati sof turkiy leksemalar bo’lib, belgini yoki harahatni istifoda etgan. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin: a) ot turkumidagi antonimlar: yig’i-sig’i – o’yin-kulgi: “Yig'i-sig'i, ko'z yoshi bo'ldi, foydasiz.” “Xudoyorхon Rusiyadan хotirjam bo'lub, vaqtini o'yin-kulgi ilan o'tkarub, qush solmak va ko'kbo'ri chopmoq yo'llarinda ulamo va fuzalo nasihatlariga amal qilmay,…” avlod-ajdod; “Shohruххon asrida хonlik shuhrati butun bo'lub, Xo'qand poytaхt o'lub, o'zidan hazrati Odamg'acha nasabini isbot qilub, muassisi saltanat bo'lub, ajdodi хavoqini xo'qand katta muaassai tibyon bo'lgan ekan.”; “Boyzoqni(ng) avlodi eshitib, Rusiyaga tobe bo'ldi.” yigit – qiz; “Necha safshikan er bahodir yigit, Bular barcha och bo'lsa, to'q bo'lsa it.”; “…bir sohibjamol qizini berib, hadya qilib, necha vaqtdan so'ng maхfiy muhoraba asboblarini tayyorlab,…” Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling