Soch II (fe’l) – tarqatmoq, yoymoq ma’nolarida qo’llaniladi.
Xazinangda mol o'lsa ochgil ani,
Karam panjasi birla sochg'il ani.
“Tarixi Farg’ona” asarida mazkur qoidaga muvofiq keluvchi ko’plab shakldosh so’zlarni keltirish mumkin:
Osh I (ot) – palov, o’zbek xalqining milliy taomi.
“…va ba'zilarini ziyofat qilib, mishiqni pishurub, oshga qo'yub, quyon go'shti, ov qilganda sayrimizg'a quyon tushti deb, bilmagan eshonlar yeb,…”
Osh II (fe’l) – ma'lum bir to'siq, chegara yoki balandlikdan o'tmoq.
“…andan Chodak yo'li ilan tog'dan oshub o'tub, marg'zordan o'tub, Namangon usti ilan Uchqo'rg'ong'a, andin o'tub,…”
Qo’sh I (sifat) – ikkita, bir juft; qo'shaloq. “Tarixi Farg’ona” asarida ham shu ma’nosida qo’llangan: “…Shig'ovulni chaqirub, anga topshurdi va dediki:
«Bul janoblardan vokif bo'lasan, qo'sh chodir ber, ot chimi ber, suv, bichan ber, bir maхsus хodim qo'y,…”
Qo’sh II (ot) – safar, sayohat va shu kabilarda vaqtincha qo'nish joyi; vaqtinchalik qarorgoh. “Mingboy dodхoh ikki yeridan yarador bo'lub, qo'shga tushub yotquzub ko'ygan ekan, amirlashkarni qo'shiga chaqirdi.”
Ko’ch I (ot) – ko'chish paytida tashiladigan uy-ro'zg'or buyumlaridan iborat yuk.
“…bu sabablar ilan xo'qanddan jo'na-moq muqarrar bo'lub, ko'chlar yuklab, etti aroba tanga, asbobu adavot, beklar va oyimlar, jami sakson aroba ko'ch ilan jo'nadi… ”
Ko’ch II (fe’l) – ko’chmoq fe’li bo’lib, yashash joyidan ketmoq, boshqa yashash joyiga o'tmoq ma’nosida qo’llanuvchi sof turkiycha leksema sanaladi.
Kecha o'tub erta bilan ko'chub, Mahramdin jo'naduk.
Ko’r leksemasi sifat turkumidagi so’z bo’lib, asarda mustaqil sifat vazifasida emas, balki ism+fe’l tipidagi qo’shma fe’l yasash uchun xizmat qilgan. Mustaqil fe’l ma’nosida esa fe’lning asos shaklida omonim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |