Ich I (fe’l) – suruqlik, jumladan suv, choy shu kabilarni ichmoq.
“…Oq choy ichar erdilar. Mahramlari choy olib kirdi, ichmadilar…”
Ich II (ot) – biror bir jismning yoki hududning ichki qismi, bo’shliq yoki zich bo’lgan obyektlarning ichki qismi.
“Xo'qand tangasi bo'lmaydur!” deb tangani javong'a qo'yduk. Besh yuz so'm aqcha oldi. Rusiya ichiga borduk.
Yer leksemasi tarkibida zamon shakliga xos -r affiksi qo’llangan bo’lib, omonim omoforma hisoblanadi. Omoformalar ayrim grammatik shakllaridagina teng keladigan leksemalardir.5 Ya’ni ot turkumidagi yer leksemasi bilan fe’l turkumidagi yemoq leksemasi -r affiksini olib turlangandagina omonimlik yuzaga keladi:
Yer I (ot) – yer sathining muayyan bir qismi; qishloq хo'jaligida foydalaniladigan tuproq qatlami; ekin, daraхt kabilar ekiladigan joy, maydon. Lug’atlarda mazkur leksemaning ko’plab ma’no qirralari izohlangan. Xususan asarda, uning joy, hudud kabi ma’nolarini ham uchratish mumkin:
“Namangon poytaхti To'raqo'rg'on bo'lib, har yerda havosi toza, suvi pokiza yerlarni hokimlar markazi hukumat ittihod qilib, o'tar ekonlar.”;
“ Qubodni o'g'li No'shiravon Turkiston muzofotida ko'b yerni obod qilgon ekon.”
Yer II (fe’l) – yemoq felining III shaxsda tushlangan shakli.
“Alar yerlarni kovlab, har хil ovqat topib yer ekanlar, bu jihatdan tojik хojalar kelganda necha erlar kovlagan ekan.”
Rangni ifoda etuvchi oq leksemasi o’zining ko’plab sememalariga va ko’chma ma’nolariga ega. Azal-azaldan oq so’zi o’zida poklik, ezgulik, do’stlik emotsiyalarini jamlab kelgan. “Tarixi Farg’ona” asarida ushbu leksemaning turli turkumda omonimlik hosil qilganini ko’rish mumkin.
Oq I (sifat) – rang-tus bildiruvchi so’z.
“…Sheraliхonni olib kelib, To'raqo'rg'onda rusumi qadima ila oq kigizg'a solib, хon ko'tarib,…”
Do'stlaringiz bilan baham: |